Putin: Agar shartimga koʻnsangiz, siz bilan tushlik qilishga roziman!
Barchamizga maʼlum oʻtgan hafta Yoxannesburgda BRIKS sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda Rossiya va Turkiya davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik masalalari, shu jumladan turizm sohasi, iqtisodiy masalalar va Suriyadagi vazʼiyat muhokima qilindi. Soʻngra, ikki davlat rahbari oʻzaro iliq suhbat qurishdi. Suhbat asnosida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon hamkasbi boʻlmish Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tushlik ziyofatiga taklif qildi.
Bunga javoban Vladimir Putin hazil – mutoyiba bilan : -“Men sizning taklifingizni bajonu dil qabul qilaman, faqat bir shartim bor! “- dedi.
Erdogan janoblari oʻz navbatida hurmat bajo keltirib, doʻstining shartiga quloq tutdi va “Qanday shartingiz bor, doʻstim?”, deb soʻradi.
“Biz oʻzaro maslahatlashib bir narsaga qaror qildik, agar bizning goʻsht mahsulotimiz sizning bozorlaringizga kirtilsa va Turkiyadagi restoranlarda Rossiyadan keltirilgan goʻshtlar bilan taomlar tayyorlansa, maqsadga muvofiq boʻlar edi. Mening kichkina shartim shu, agar rozilik bersangiz, men sizning taklifingizni qabul qilgan holda, siz bilan restoranga ovqatlangani boraman”- deya shartini bildirdi Putin.
Shu maqolani birinchi jumlalarini oʻqiganimda, bexosdan yomon xayolga bordim. Putin: Agar men bilan restoranga borib, birga qadah koʻtarsangiz mamnun boʻlardim, mening shartim shu” – degan boʻlsa kerak, degan gumon keldi. Ammo maqolani oxirigacha oʻqiganimda bundan battariga guvoh boʻldim.
Holbuki, agar Putin bir musulmon rahbarni majburlab, harom ichimlik ichirsa, faqat oʻsha rahbar laʼnatga uchrab, gunohkor boʻlishi tabiiy edi. Ammo Putin birgina doʻstini emas, barcha musulmonlarni halqumini bulgʻab, duosi ijobat boʻlmaydigan darajaga tushirishni, Alloh nazaridan qolib, oxirati barbod boʻlgan insonlarga aylantirmoqni istaydi.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan shunday rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
“لاَ يَدْخُلُ الجَنَّةَ لحمٌ نبَت مِن سُحْتٍ”
“Suht – haromdan ozuqa olgan goʻsht – aʼzoi badan jannatga kirmaydi”. (Ibn Hibbon rivoyati, Alboniy sahih sanagan).
Koʻrib turganimizdek, biz qoʻlimizni dushmanga tutsak, u bizni chigʻanogʻimizdan tutmoqda.
Allohi Taolo dushmanlar sharridan ogohlantirib, ular bilan doʻst boʻlishlikdan va uning oqibatidan qaytarmoqda.
Garchi Erdogan oshkoro aroq ichmasa-da, katta, nufuzli davlatlar tazyiqi ostida Islomga zid amallarni amalga oshiradi. Isroil bilan maxfiy aloqa va iqtisodiy hamkorlikni yashirgani kabi, Rossiya bilan til biriktirib, Musulmonlarning pokligiga zarar keltirishi, haqqini zoyeʼ ketkazib, eʼtiqodiga xiyonat qilishi turgan gap.
Bir hikmatli soʻz bor: Sen menga doʻstingni kimligi aytsang, men seni kimligingi aytib beraman.
Shundan kelib chiqib ayta olamiz, din dushmanini doʻst bilib uni rozi qilish uchun barcha shartlariga koʻnib, shu yoʻl bilan mansabini himoya qilgan rahbar zolimdir. Bunday rahbar boshqa dorulkufr bilan oʻrnatayotgan aloqalarda ham faqat shaxsiy obroʻ, manfaat va lavozimini har bir narsadan ustun qoʻyadi.
Turkiyadagi mast qiluvchi ichimliklar savdosi, turizmdan keladigan foyda uchun mamlakatning dengiz sohillarida avrati ochiqlar uchun plyajlar barpo qilish, odam savdosi va fahsh ishlarga imkon berilishi shular jumlasidandir.
Barchamizga maʼlumki, to bir islomiy Davlat barpo boʻlib, davlat chegarasida oziq-ovqat mahsulotini qatʼiy tekshirib, keyin isteʼmolga kiritmaguncha, bu soxta musulmon rahbarlar, Xudodan qoʻrqmagan va musulmonlar tuygʻusi bilan oʻynashayotgan prezidentlar nafsi nimaga buyursa shuni amalga oshiraveradi.
Shundayin oshkoro qabihliklardan keyin ham, botil sistemaga, tili boshqa amali boshqa rahbarlarga, ularning quruq vaʼdalariga, dardsiz soʻzlaridan tuygʻulanib ishonasizmi?! Toʻgʻri tafakkur qilib, doʻstni dushmandan ajratib olaylik.
” Menga doʻstingi kimligini ayt, men seni kimligingi aytib beraman !”.
Assalomu alaykum.
Munavvara.