Yevropa Parlamenti raisi Yevropada “moʻʼtadil Islomni” qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi

894
0

Yevropa Parlamenti raisi Yevropada “moʻʼtadil Islomni” qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi

Yevropa Parlamentining raisi Antonio Tayani payshanba kuni Suriya va Iroqdan Yevropaga qaytishi kutilayotgan koʻplab xorijiy “terrorist”lardan xavotirda ekanligini bildirdi. Tyanining soʻzlariga koʻra, Boshqa mamlakatlardan Bosniya va Gertsegovinga boradigan koʻplab jihodchilar mavjud.

“Koʻplab xorijlik jangchilar Yevropaga qaytib kelmoqda. Ular Bolqon, Kosovo va boshqa joylarga qaytib kelishmoqda”, dedi Antonio Tayani Sofiyada Yevropa Ittifoqi va Gʻarbiy Bolqon sammiti ishtirokchilari bilan uchrashuvidan soʻng jurnalistlarga bergan intervyusida.

Tayani shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Yevropada “moʻʼtadil Islomni” qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi. Chunki Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar oʻzlariga moil boʻlgan “moʻʼtadil Islomni”, oʻzlariga dushman deb bilgan va “radikal Islom” deb atab olgan sof Islomga qarshi deb hisoblashadi.

Yevropa Ittifoqining terrorizmga qarshi kurash boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi Gilles de Kortovaning taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan kamida 5000 kishi terroristik tashkilot hisoblanmish, “Islomiy davlat tashkiloti” safiga qoʻshilgan.

Mutaxassislarning fikricha, baʼzi jangchilar Iroq va Suriyada halok boʻlishgan, tirik qolganlari Yevropaga qaytgan yoki qaytish arafasida. Ayrimlari esa boshqa mintaqalarga yoʻl olishni koʻzlamoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.