Suriya inqiloblari: kutilayotgan natijalar.

414
0

Suriya inqilobchilari partizanlar urushi taktikasiga asoslangan hamda yaxshilab tuzilgan harbiy reja yordamida Bashar Asad rejimiga qarshi janglarda katta muvoffaqiyatlar qozonmoqda. Inqilobchilarning kutilmagan tezkorlik bilan xarkat qilayotganlarini ko’rgan va ularning to’liq g’alaba qozonishi, natijada esa o’zining “o’yindan tashqarida” qolib ketishi ehtimolidan havotirlangan AQSh, oxirgi nuqtaga – to’g’ridan-to’g’ri harbiy aralashuvga kirishishlikka etib keldi. “Biz, agar kimyoviy qurol ishlatishlik holati ro’y bersa, albatta tegishli chora ko’rishlikni rejalashtirmoqdamiz”, – bayon qilgan AQSh davlat departamenti kotibi Xillari Klinton.

AQSh hamda g’arbiy derjavalar Suriyadagi o’z ta’sirlarini saqlab qolishlikka harakat qilmoqdalar, chunki bu holat ularga, inqilobni o’z manfaatlari sari yo’naltirishda ishtirok etishni kafolatlaydi.

AQSh qadamma-qadam Shom inqilobini qo’lga olishlikka tayyorlanib bormoqda.

AQSh davlat departamenti “An-Nusra” inqilobiy guruhini terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kirgizib qo’ydi. Vashington uni Suriyada 600ga yaqin terroristik amaliyotlar sodir etganlikda ayblamoqda va “Al-Qoida” bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi borligini aytmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.