Shu kunlarda Roxinya xalqi dunyoda eng ko’p ta’qibga uchragan ozchilik guruhlardan biri hisoblanadi. Birmada ular fuqarolikdan va fundamental huquqlardan mahrum.
Bu yurtda ularni Bangladeshdan kelgan noqonuniy immigrantlar, deya kamsitishadi. Bu haqida har zamon bir gapirib qo’yadigan BMT Bosh kotibi Pan Gi-Mun yana Birmada Roxinya musulmonlarining ayanchli ahvoliga e’tibor qaratdi.
“Prezident Teyn Sheyn etnik zo’ravonlik ortida turganlar jazoga tortilishini ta’minlasin, g’alayonga turtki bergan keskinlikni yumshatishga harakat qilsin”, – dedi Pan Gi-Mun.
“Bu muammolar hal etilmas ekan, jamiyatdagi bo’linish yana qon to’kilishiga olib keladi va Birma boshlagan islohotlarni izdan chiqaradi”, deya qo’shimcha qildi u.
Buddistlar va ozchilikdagi musulmonlar o’rtasidagi ixtilof o’tgan yildan beri davom etmoqda. Minglagan Roxinya musulmonlari ayovsiz tarzda vahshiylarcha o’ldirilgan va o’n minglagani xarob ahvolda, palatkalarda hayot kechiradi.
Ayni paytda Rohinja musulmonlarini buddaviy mushriklar qatli omidan himoya qilish uchun mujohidlar Birmaga etib borishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Rohinja musulmonlarini himoya qilish uchun yo’lga otlangan mujohidlar Bangladesh, Indoneziya va Pokiston musulmonlaridan tashkil topganligi va Amir Abu Safiyya va Amir Abu Orif boshchilik qilayotgani aytilmoqda.
Xabarlarda aytilishicha, buddislarga qarshi jangni boshlangan va bir nechta butparast, jumladan buddaviylarni musulmonlarni ommaviy qirg’in qilishga bosh-qosh bo’lgan bir ruhoniy ham o’ldirilgan.