Turkiya “Tahrir ash-Shom” guruhiga bosim oʻtkaza boshladi

1038
0

Turkiya “Tahrir ash-Shom” guruhiga bosim oʻtkaza boshladi

Suriyada Asadga qarshi kurashayotgan “Tahrir ash-Shom” guruhi Turkiya hukumatining bosimi ostida qolmoqda. Bu haqida dushanba kuni guruhning rasmiy masʼuli “Durar ash-Shamiya” axborot agentligiga maʼlum qildi. Masʼulning taʼkidlashicha, Turkiya hukumati “Tahrir ash-Shom” guruhidan Idlibni tark etish, yaʼni Asad rejimi tarafidan uyushtiralayotgan harbiy amaliyotlarga qarshilik koʻrsatmaslikni talab qilib, bosim oʻtkaza boshlagan.

Hayʼatning siyosiy ishlar boshqarmasi aʼzosi Doktor Yusuf Hajar “Durar ash-Shamiya” axborot agentligi bilan suhbatda “Bu ishda kelishuv va muzokaraga oʻrin yoʻq. Biz inqilob va jihodni saqlab qolish bilan Shom xalqini muhofaza qilish va ularning manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun tinimsiz harakat qilyapmiz”, dedi.

“Yangi Arab” gazetasi oʻtgan shanba kungi oʻzining hisobotida Turkiya hukumati “Tahrir ash-Shom” guruhi rahbarlarini Istanbulga chaqirib, ularning oldiga faqat ikki taklif qoʻyganligini bildirdi, uchinchisi yoʻq. Bu takliflar shundan iboratki, yo guruh tarqatib yuborilib, jangchilar alohida-alohida oʻzlari xohlagan boshqa guruhlarga qoʻshiladi yoki Turkiya unga qarshi jang qilayotgan boshqa guruhlarni qoʻllab quvvatlashni boshlaydi. “Tahrir ash-Shom” guruhi bu taklifni rad etgani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.