Yevropaning 20ga yaqin davlati Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishi mumkin

454
0

Yevropaning 20ga yaqin davlati Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishi mumkin

 Yigirmaga yaqin Yevropa davlatlari sobiq razvedkachi Sergey Skripal va uning qizi bilan yuz bergan hodisadan soʻng Rossiya diplomatlarini oʻz hududlaridan chiqarib yuborishga hozirlik koʻrmoqda. Gʻarb bu ishda Moskvaning qoʻli borligini tinimsiz taʼkidlab kelmoqda. Bu haqda“Sputnik” sayti britaniyaning The Times nashriga asoslanib xabar qilmoqda.

Nashr oʻz ismini oshkor qilmagan manbaga tayangan holda “muvofiqlashtirilgan chiqarishlar seriyasi”da Frantsiya, Germaniya, Polьsha, Irlandiya, Niderlandiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Latviya va Litva ishtirok etishi mumkinligini xabar qilgan.

Nashrga koʻra, 26 mart kuni toʻrt hafta muddatga Yevropa Ittifoqi elchisi Markus Ederer Rossiyadan chaqirib olinadi. YeI mamlakatlari rahbarlari Bryusselda boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng xuddi shunday qarorga kelishgan.

Bundan tashqari YeI mamlakatlari Solsberida yuz bergan hodisadan soʻng umumiy bayonnomani tasdiqlashgan boʻlib, unda ular Londonning bu ishda “katta ehtimol bilan Moskva javobgar” degan bayonotiga qoʻshilishlarini bildirishgan va bu ishda “boshqacha haqiqatga yaqin izoh boʻlishi mumkin emasligini” maʼlum qilishgan.

 AQSh Davlat departamenti izohi

 AQSh Britaniya josusi Sergey Skripalning Solsberidagi zaharlanishi bilan bogʻliq hodisadan soʻng Rossiyaga nisbatan turli chora variantlarini koʻrib chiqmoqda, deb bayonot qilgan 23 mart kuni AQSh Davlat departementi rasmiy vakili Xezer Nauert RIA Novosti nashriga.

 “AQSh Rossiyaning Buyuk Britaniyada amalga oshirgan oʻta nojoʻya hatti-harakatlariga turlicha javob choralarini koʻrib chiqmoqda. Bu bilan biz, shuningdek, ittifoqdoshimiz bilan yakdil ekanligimizni namoyon qilib, xalqaro normalar va bitimlarni bu qadar ochiq buzgan Rossiyani javobgarlikka tortishni istaymiz. Bugunchalik Davlat departamenti xabar qilishi mumkin boʻlgan choralar yoʻq boʻlsa-da, lekin biz harakatga tushishimiz bilan, bu haqda albatta, sizlarni xabardor etamiz”,- degan Xezer Nauert.

 Sal oldin CNN telekanali oʻz ismini sir saqlagan manbaga tayangan holda AQSh milliy xavfsizlik kengashi Skripalь hodisasidan keyin prezident Donalьd Trampga Rossiya diplomatlarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni tavsiya etgani haqida xabar qilgan edi. Bu borada qaror tez vaqtda qabul qilinishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.