Sizlar uchun Alloh bor, ey Gʻuta ahli

574
0
A Syrian woman and children run for cover amid the rubble of buildings following government bombing in the rebel-held town of Hamouria, in the besieged Eastern Ghouta region on the outskirts of the capital Damascus, on February 19, 2018. Heavy Syrian bombardment killed 44 civilians in rebel-held Eastern Ghouta, as regime forces appeared to prepare for an imminent ground assault. / AFP PHOTO / ABDULMONAM EASSA (Photo credit should read ABDULMONAM EASSA/AFP/Getty Images)

Sizlar uchun Alloh bor, ey Gʻuta ahli

Rossiya havo kuchlari tomonidan 1150 marta, Suriya havo kuchlari tomonidan 900 marta amalga oshirilgan ikki mingdan ortiq havo hujumi jonligu jonsiz narsalarni nobud qildi. Chunki shifoxonalar, bozorlar va nonvoyxonalar vayron boʻlib, buning natijasida qurolsiz tinch fuqarolardan 900 kishi shahid boʻldi, 2000 kishi yaralandi. Asr Firʼavni yoki Neroniga boʻysunishni rad etgan qoʻrqmas Gʻuta aholisini yakson qilish uchun Damashq qonxoʻri va Rossiya jinoyatchisining oʻz vahshiyliklarini davom ettirishida ular bilan butun dunyo til biriktirdi. Biroq, Bashar Rossiya aviatsiyasi aralashuviga qonuniy tus beruvchi qoʻgʻirchoqdan boshqa narsa emas. Rossiya aviatsiyasi aralashuvi Putinning Islom va musulmonlarga qarshi yashirin dushmanligini tamsil etadi.

“Xalqaro hamjamiyat” deya atalgan Gʻarb davlatlarining mutlaq sukut saqlashi ushbu agressiyada goʻyoki ularning ham ishtiroki borligini koʻrsatmoqda. Ushbu davlatlar oldin “aslo qayta yoʻl qoʻymaymiz” (Never Again) shiorini koʻtarishgan edi. Ushbu shior yahudiylar ommaviy qirgʻin qilingani daʼvo qilingan “Xolokost”ning yana takrorlanishini oldini olish uchun koʻtarilgan. Biroq, 1995 yili Srebrenitsa-Bosniyada bu shiorga amal qilinmadi. Oʻsha yili BMT tinchlikparvar kuchlari Bosniyani serb jinoyatchilariga topshirib qoʻydi va 11000 musulmonni qirgʻin qilishlari uchun ularga koʻk chiroq yoqib berdi. Shuningdek, 1994 yili Ruandada, 2016 yili markaziy Afrikada va 2017 yili Mьyanmada ham bu shiorga amal qilinmadi.

Amerika markaziy qoʻmondonligi shtabidan general Jon Tomasning Daily Beast gazetasiga bergan intervьyusi ajablanarli emas. U oʻz intervьyusida shunday dedi: “Bizning muammoimiz Gʻutani himoya qilish emas. AQSh armiyasi markaziy qoʻmondonligining Suriyadagi birdan-bir ishi Davlat tashkiloti va undan boshqa terrorchi tashkilotlarni magʻlub qilishdir”. Amerikaning sodiq malayi boʻlgan katta terrorchi Bashar Asadni bartaraf qilish AQSh kuchlarining Suriyadagi missiyasi doirasiga kirmaydi. BMT bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha vakili Jeffri Feltman Suriyadagi gumanitar vaziyatga doir hisobotni tinglash uchun xalqaro Xavfsizlik Kengashi 2018 yil 28 fevralda oʻtkazgan yigʻinda jinoiy sahnani oxiriga yetkazish uchun shunday dedi: “BMT adolatni va Suriyadagi jinoyatlardan javobgarlar taqib qilinishini talab qilishda davom etadi”.

Amerika yoqib bergan bu koʻk chiroq Lavrovning bayonotini izohlaydi. U oʻz bayonotida shunday degan edi: “Bu yerda – Sharqiy Gʻutada boʻladimi yoki Idlibdami hech bir farqsiz – shunday bir jamoalar borki, ularni gʻarblik hamkorlari va homiylari moʻʼtadil sifatida koʻrsatadi. Bu jamoalar Tahrirush Shom bilan hamkorlik qiladilar. Ularning orasida Ahrorush Shom va Jayshul Islom jamoasi ham bor”. U Suriya rejimi va Moskvaning oʻz hujumlarini ularga qaratishini bildirib oʻtadi. Ha, Lavrov Gʻutadagi “kulini koʻkka sovurish” siyosatiga asoslangan vayron qilish kampaniyasini oqlash uchun Idlibda Tahrirush Shom jamoasiga qarshi shafqatsiz urushga kirgan Ahrorush Shom harakatini terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan oʻsha tashkilot bilan hamkorlik qilishda ayblamoqda. Shuning uchun, Jayshul Islom va Faylaqur Rahmon harakatining Tahrirush Shom hayʼati vakillarini Gʻutadan chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi taklifiga Rossiya ham, BMT ham rozi boʻlmadi. Chunki ularning chiqarib yuborilishi terrorchilarga qarshi kurashish bahonasini chippakka chiqaradi. Ularning chiqarilmasligi esa, bolalar va ayollar bombalanishini hamda shifoxonalar, bozorlar, nonvoyxonalar, dorixonalar va tez yordam mashinalari portlatilishini oqlaydi. Bularning barchasi madaniyat va inson huquqi shiorini koʻtargan “xalqaro hamjamiyat” koʻz oʻngida sodir boʻlmoqda.

Shuningdek bular, Gʻarbdagi mustamlakachi hoʻjayinlari manfaatiga xizmat koʻrsatish bilan mashgʻul boʻlgan musulmonlar hukmdorlari hamda musulmonlarning bir necha ming milliardlagan boyliklarini sarflayotgan Islom yurtlaridagi armiyalar qoʻmondonlari koʻz oʻngida amalga oshirilmoqda. Agar bu qoʻmondon va hukmdorlar musulmonlarni hamda ularning or-nomusi va hayotini himoya qilishda oʻz burchlarini ado etmasa ularning borligidan nima naf?!

“مَا مِنْ امْرِئٍ يَخْذُلُ امْرَأً مُسْلِمًا فِي مَوْضِعٍ تُنْتَهَكُ فِيهِ حُرْمَتُهُ وَيُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ إِلَّا خَذَلَهُ اللَّهُ فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ فِيهِ نُصْرَتَهُ وَمَا مِنْ امْرِئٍ يَنْصُرُ مُسْلِمًا فِي مَوْضِعٍ يُنْتَقَصُ فِيهِ مِنْ عِرْضِهِ وَيُنْتَهَكُ فِيهِ مِنْ حُرْمَتِهِ إِلَّا نَصَرَهُ اللَّهُ فِي مَوْطِنٍ يُحِبُّ نُصْرَتَهُ”

Rasululloh ﷺ aytadilar: “Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonni huquqi poymol qilinayotgan va obroʻsi toʻkilayotgan oʻrinda yordamsiz tashlab qoʻysa, u Allohning yordamiga muhtoj boʻlgan joyda, Alloh ham uni yordamsiz tashlab qoʻyadi. Biror bir musulmon boshqa bir musulmonga huquqi poymol qilinayotgan va obroʻsi toʻkilayotgan joyda yordam bersa, u Allohning yordamiga muhtoj boʻlgan joyda, Alloh ham unga yordam beradi”. Ey Parvardigor biz magʻlubmiz, bizga nusrat-yordam ber.

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.