Britaniya gazetasi BMT rasmiylarining jinsiy tajovuzini fosh qildi

438
0

Britaniya gazetasi BMT rasmiylarining jinsiy tajovuzini fosh qildi

Britaniyaning “The Sun” gazetasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asl basharasini biroz ochadigan xabar tarqatdi. Gazetaning maʼlum qilishicha, BMT xodimlari oʻtgan oʻn yil mobaynida 60 mingga yaqin jinsiy tajovuz jinoyatiga qoʻl urgan. Jabrlanganlar orasida yosh bolalar ham talaygina. Bu haqida gazeta BMTga qarashli insonparvarlik yordamlarni muvofiqlashtirish markazining sobiq direktori Endryu MakLeodning soʻzga tayanib xabar tarqatdi.

“Bu vahshiylar zaifa ayollar va bolalarga tajovuz qilish uchun insonparvarlik yordam tashkilotlari tomonidan oʻzlariga taqdim qilingan xizmat vazifalaridan foydalanganlar”, deydi MakLeod.

 “Bu yerda butun dunyo boʻylab insonparvarlik yordamlarIni tarqatuvchi oʻn minglagan ishchilar borki, ularning yosh bolalarga nisbatan jinsiy moyilligi mavjud. YuNISEF markasi bor kiyim kiyib olsangiz bas, bu holda hech kim sizdan nima qilayotganingiz haqida soʻramaydi. Nimani xohlasangiz qilishingiz mumkin. Sizning ishlaringizni muhosaba qilishning imkoni boʻlmaydi”, deya qoʻshimcha qiladi gazetaga intervьyu bergan BMTning sobiq masʼuli.

MakLeodning hisob-kitobiga koʻra, bolalarga jinsiy tajovuz qilgan BMT va unga tobe muassasalardagi xodimlarning soni 3300 kishini tashkil qiladi. U butun dunyo boʻylab insonparvarlik yordam ishlari sohasida yoyilgan bu ishni vabo epidemiyasiga qiyosladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.