AQSh: “Islomni qanday magʻlub qilamiz”

898
0

AQSh: “Islomni qanday magʻlub qilamiz”

Amerika qoʻshma shtatlarida “Islomni qanday magʻlub qilamiz” nomli konferentsiya boʻlib oʻtdi. Olti soat davom etgan konferentsiyaga prezidentlikka nomzodlar, Markaziy razvedka byurosining ofitserlari, AQSh Kongressi aʼzolari hamda dunyoning har yeridan kelgan yahudiy va nasroniy mutaxassislar va boshqalar ishtirok etdi.

Konferentsiyada Islomni magʻlub qilish oson boʻlishi uchun islomiy shariatni oʻzgartirish va Islomdan musulmonlarning aloqasini uzish rejasi muhokama qilindi. Ularning xulosasiga koʻra, buning uchun oʻzlariga moil olim shaxslarni tanlab olib, ularni qoʻllab quvvatlash va ular orqali Qurʼonni tafsir qilish yoʻliga va Usuli fiqh maslasiga oʻzgartirish kiritish kerak boʻladi.

Mazkur konferentsiya zalidan yozib olingan video lavha internet tarmoqlarida namoyish qilindi. Unda bir yahudiy mutaxassis Islomni magʻlub qilish uchun Musulmon ulamolarining Qurʼonni tafsir qilish va Usuli fiqh haqidagi raylariga oʻzgartirish kiritish taklifini oʻrtaga tashlaganligini koʻrish mumkin.

Hozirgi paytda buning uchun foliyat yuritayotgan suriyalik tabib Zuhdiy Jasirdan koʻngli toʻlmayotganligini bildirgan yahudiy mutaxassisga koʻra, Islomiy shariatni buzish uchun oʻzlariga tobe olimlar tafsir va usuli fiqh masalasida avvalgi Islomiy ulamolarning yoʻlidan yurmasligi, balki bu borada boshqacha yoʻl tutish ustida bosh qotirlarishi lozim.

“Shuni yaxshi tushinib olishimiz kerakki, Qurʼon va Hadis – bu ikkisi shariatning asosidir. Sunnatning ham oʻziga xos yuridik natijalari mavjud. Shariat Qurʼon va Hadisdan iboratdir, ammo uning mohiyati esa usuli fiqhdir. Bu esa dindor musulmonga vojib vazifalarini belgilab beradi, unga Qurʼondagi surani qanday oʻqishini belgilab beradi. Demak musulmonlar Qurʼon oyatlarini Islomiy ulamolar koʻrsatib bergan tarzdan boshqacha shaklda oʻqishini xohlagan kishi ulamolarning raylarini oʻzgartirish haqida oʻylashi lozim. Boshqa yoʻli yoʻq. Masalan, agar men tijorat haqidagi oyatni tafsir qilmoqchi boʻlsam, ularning tafsir yoʻlini tutmasligim kerak”, deydi jumladan yahudiy mutaxassis.

Turkiston: 

Yuqorida ilmoniy, olamiy kufr sistemasi yahudiy va nasroniylar vositasida, Islom va musulmonlar uchun usulu fiqh (Quron va sunnatdan istinbot qilish usuli) qoidalari oʻzgartirilishi kerak, deya muhokama olib bormoqda.

Bir necha oʻn yillar mobaynida Saudiya, Misr va yana boshqa mamlakatlarda joylashgan rasmiy islomiy oliygohlarda joriy qilingan oʻquv programmalari ham, yuqoridagi singari kufr mutaxasislari tomonidan atayin ishlab chiqilganiga shubhamiz yoʻq! Bu programmaning mahsulotini, suniy-shia munosabatlaridagi oʻta keskinliklarda hamda oʻsha “kufr usuli fiqhi” asosidan kelib chiqib, Islom olamida buzuq muhit paydo boʻlib borayotganida koʻrib turibmiz. Bu buzuq muhitdan hozirda AQSh va boshqa kufr mustamlakachilari ulkan manfaatlarni qoʻlga kiritib kelayotganini ham koʻrib turibmiz! Bundan tashqari kufr olami islomiy usuli fiqh qoidalarini buzib yuborish oqibatida “takfir” tushunchasini yuzaga keltirish orqali IShID jangari tashkilotini paydo qildi. Hozirda bu kabi tashkilotlar vositasi bilan Islom mafkurasi asosidagi islomiy mabdaiy muhitga zarba berib kelishyapti!

Kufr namoyondalari oʻz manfaatlari yoʻlida, avval Islom olamidagi yetakchi islomiy shaxslarni oʻz tomonlariga ogʻdirib olish ishlarini olib borishadi! Buning uchun ular jamiyatni mafkuraviy (har bir ish harakatini islomiy aqida nuqtasiga bogʻlash va baho berish) dunyoqarashidan uzishadi va musulmonlarni dunyoviy manfaatlar bilan qiziqtirib, oxirat manfaatlaridan uzoqlashtirib olishadi. Oxirat manfaatlarini ustun qoʻyib, kufr nayranglariga unamayotgan musulmonlarga, “terrorist, ekstremist, radikal” deb nom berib, ularni jamiyatdan kuch bilan boʻlsa ham chetlatishga harakat qilishadi!

Qirgʻizistonda ham masjid ulamolari atayin va maxsus programma asosida teologik tayorlov kursi boʻyicha oʻqitilyapti. Maqsadlari, har bir imomimizni yuqoridagi yahudiy kabi fikrlaydigan manqurtlarga aylantirib olish. Ular tuzib olmoqchi boʻlishayotgan “moʻʼtadil islom”chilar armiyasining vazifasi, kufrga unamagan musulmonlarga qarshi kurash boshlanganida, kufrning harakatlarini islomiy qalbaki usul fiqh hukumlari bilan qoʻllab borishdan iborat!

Kufr albatta magʻlub boʻladi! Ularning hamkor va hamtovoqlari ham yuzi qaro boʻlib, ikki dunyo manfaatlaridan mahrum boʻlishadi! Biz esa birodarlar, kufr olami olib kirib kelayotgan ulkan tuzoqdan ehtiyot boʻlaylik! Omonatga xiyonat qilishda Ollohdan qoʻrqib, unga taqvo qilaylik, zora uning azobidan qutulib qolsak!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.