AQSh davlat kotibi isteʼfoga ketishi mumkin
Oq uyda Reks Tillersonni davlat kotibi lavozimidan boʻshatish va bu lavozimga Markaziy Razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeoni tayinlash rejasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSh prezidenti maʼmuriyatidagi yuqori lavozimli vakilga tayanib maʼlum qildi.
Keyinroq shu kabi xabarni Associated Press va Reuters agentliklari, shuningdek boshqa axborot tashkilotlari ham eʼlon qildi. Oq uyda boʻlajak kadr oʻzgarishlari haqidagi xabarlarni inkor qilishmoqda.
The New York Times suhbatdoshining maʼlum qilishicha, Tillersonning isteʼfosi yaqin bir nechta hafta mobaynida amalga oshishi rejalashtirilgan. Taʼkidlanishicha, kadrlar oʻzgarganidan soʻng MRB direktori lavozimini Donalьd Trampning yaqin hammaslagi senator-respublikachi Tom Kotton egallaydi. Gazetada Oq uyning bu rejasini Tramp tomonidan qoʻllab-quvvatlangani haqida aniqlik kiritilmadi.
Oktyabr oyi boshlarida NBC telekanali Tillerson Tramp bilan majoro sabab isteʼfoga ketishi mumkinligi haqida maʼlum qilgan edi. Manbalarga tayangan telekanal Davlat departamenti rahbari yoz oyidayoq mansabini topshirmoqchi boʻlganini, ammo vitse-prezident Mayk Pensning undovi bilan mansabida qolganini maʼlum qildi. Tillerson bu xabarni inkor qildi va hamon “prezidentga sodiqligicha qolganini” taʼkidladi.