AQSh o’z ittifoqdoshlariga ham ishonmaydi

384
0

1

AQShning “PRISM”nomli maxfiy josuslik programmasini oshkor qilgandan so’ng ko’zdan g’oib bo’lgan va hozirda Rossiyada ekanligi xabar qilinayotgan TSRUning sobiq xodimi Edvard Souden yana yangi ma’lumotlarni ochiqqa chiqardi. Keyingi ma’lumotda AQShdagi turk elchixonalari ham tinglanganini keltirilgan. Unda aytilishicha, AQSh milliy xavfsizlik tashkiloti o’ttiz sakkizta xorij elchixonasi va konsulligini maxsus moslamalar orqali tinglab kelgan. Turkiyaning tinglanganlar orasidan joy olishi AQSh o’z ittifoqdoshlarini ham tinglab kelganidan darak beradi. Souden ochiqlagan ma’lumotga ko’ra, tinglanayotgan davlatlar orasida asosan e’tibor O’rta Sharq va Yevropa ittifoqiga qaratilgan.

Ingliz gazetasi Goridianning xos tarqatgan xabariga ko’ra, AQSh milliy xavfsizlik tashkiloti Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning Vashingtondagi elchixonalari va Nyu-Yorkdagi Yevropa ittifoqining binosi maxfiy moslamalar orqali tinglab borgan.

Italiya, Frantsiya, Gretsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston va Meksika kabi bir qancha davlatlarni o’z ichiga olgantinglash amaliyotlarida ularning har biri uchun alohida koddan foydalanilgan.

AQShning evropaga qaratilgan josuslik amaliyotlaring o’rtaga chiqishi Yevropa davlatlarining noroziligiga sabab bo’ldi. Germaniya adliya vaziri Sabini Loytxoyzer-Shnarrenberger Vashingtondan izoh talab qilar ekan, AQShning bu qilmishi sovuq urish davrini yodga solishini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.