Tramp: Afgʻoniston terrorchilar uchun biznes maktabi

517
0

Tramp: Afgʻoniston terrorchilar uchun biznes maktabi

 AQSh prezidenti Donalьd Tramp xususiy xayriya kechki ovqatida soʻzlagan nutqida Afgʻonistonni oʻzining 1968 yili tugatgan Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabiga qiyosladi.

 Shuningdek u oʻz chiqishida, avvallari Amerika byudjetidan sarflanayotgan harbiy xarajatlarni qisqartirishni istaganini taʼkidladi. Biroq harbiy generallar Trampni Afgʻonistonda terrorchilik tashkilotlari koʻpligi sababli qisqartirish qarori “xavfsiz” boʻlmasligiga ishontirishgan.

 Generallar, deb aniqlik kiritgan Tramp, unga “maxfiy maʼlumotni koʻrsatishgan”, shundan soʻng, prezident AQShning jangarilarni Afgʻonistondan “chiqarib yubormaslikdan boshqa chorasi yoʻq”, degan xulosaga kelgan. Aks holda, AQSh 2001 yil 11 sentyabrdagi terrorchilik xurujiga toʻqnash kelishi mumkin.

 “Jahon savdo markazi binolariga samolyotlarni yoʻnaltirganlar Afgʻonistonda tayyorgarlikdan oʻtishgan”,- degan Tramp.

 Uning taʼkidlashicha, Afgʻoniston “terrorchilar uchun Uorton biznes maktabiga oʻxshaydi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.