Stiven O’Brayyen: BMT Suriya sharmandaligidan qutila olmaydi

621
0

Stiven O’Brayyen: BMT Suriya sharmandaligidan qutila olmaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Suriya sharmandaligidan qochib qutila olmaydi. Bu eʼtirof BMT bosh kotibining gumanitar ishlar boʻyicha yordamchisi va favqulodda vaziyatlar koordinatori Stiven O’Brayyenga oiddir. U bu haqida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan Suriyadagi gumanitar vaziyat yuzasidan tashkil qilingan yigʻilishda oʻz vazifasi doirasidagi soʻngi bor maʼruzada aytib oʻtdi.

“Suriya kelajagining, yaʼni bir xalq va bir davlat kelajagining yoʻq qilinishiga birgalikda guvoh boʻldik. Odamlarning qanday ochlikdan oʻlganligini va bolalarning sohillardagi jonsiz tanalarini koʻrdik. Ketma-ket uchrashuvlar oʻtkazib, bu halokatning tafsilotlarini muhokama qildik. Ammo bu jinoyatlarni sodir etganlarni javobgarlikka tortishni eplay olmadik. BMTdagi vazifamdan ketar ekanman, barcha gumanitar yordam harakatlariga qaramay, hech birimiz 500 mingdan ortiq insonning oʻlimi va millionlagan kishilarning mayib-majruh boʻlib qolishiga toʻsiq boʻla olmagan jamoiy sharmandalik ulushimizdan qochib qutila olmasligimizni aytib oʻtmoqchiman”, dedi O’Brayyen soʻngi bor soʻzlagan nutqida.

Butun dunyo davlatlari va xalqlari tinchlik va xavfsizlik borasida BMT Xavfsizlik Kengashiga umid bogʻlaganligini eslatib oʻtgan Stiven O’Brayyen “Yaman va Suriyadagi ayollar, bolalar, qariyalar va kasalmand insonlarning xavfsizlik huquqi ushbu stol atrofida oʻtirganlarning huquqidan kam emas”, deya qoʻshimcha qildi.

Shuningdek Stiven O’Brayyen oʻz nutqida Rakkadagi vaziyat haqida gapirib, bu shaharda har kuni oʻrtacha 27 kishi halok boʻlganini ham eslatib oʻtdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.