Mettis: AQSh Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi

639
0

Mettis: AQSh Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi

 “Sputnik” bergan xabarga koʻra, chorshanba kuni mustaqillik kuni sharafiga uyushtirilgan paradda ishtirok etish uchun Ukrainana tashrif buyurgan Jeyms Mettis Qoʻshma Shtatlar hech qachon Qrimning Rossiya tarkibiga kiritilganini tan olmasligini aytdi.

 “Biz Rossiya Federatsiyasi tarafidan Qrimning anneksiya qilinishini hech qachon tan olmaymiz va qabul qilmaymiz”,- deb aytgan Mettis payshanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan uchrashuvi davomida.

 Shuningdek, Mettis AQSh bundan buyogʻiga ham Ukrainaga mamlakatni himoya qilishda yordam berishini qoʻshimcha qilgan.

 “Janob prezident, biz bundan buyogʻiga ham mamlakatingiz va Ukraina xalqini himoya qilishda sizga yordam berishga vaʼda beramiz”,- degan Pentagon rahbari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.