Sapar Isakov bosh vazir boʻldi

799
0

Sapar Isakov bosh vazir boʻldi

 Parlamentdagi koalitsion koʻpchilikdan bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan Sapar Isakov parlamentning navbatdan tashqari yigʻilishida bosh vazirlikka tayinlandi.

 Isakov koalitsiya yigʻilishi davomida Milliy bank rahbari Tolkinbek Abdigulovga bosh vazir oʻrinbosari, Xavfsizlik kengashi rahbari Temir Jumakadirovga – kuch blokiga javob beruvchi bosh vazir oʻrinbosari, Davlat energiya kompaniyasi rahbari Duyshenbek Zilaliyevga – iqtisodiy masalalar boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari lavozimini taklif qildi.

 Shuningdek, mamlakat prezidenti devonining moliyaviy-iqtisodiy tahlil va rivojlanishni monitoring qilish boʻyicha rahbar Artyom Novikovga iqtisodiyot vazirligi rahbari lavozimi taklif etildi.

Uning soʻzlariga koʻra, tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev va IIV rahbari Ulan Isroilov oʻz lavozimini saqlab qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.