Atambayev: Qamoqda oʻtirishi kerak boʻlganlar prezident boʻlmoqchi

872
0

Atambayev: Qamoqda oʻtirishi kerak boʻlganlar prezident boʻlmoqchi

 Prezident Almazbek Atambayev mamlakat kelajagidan tashvish bildirdi. U hozirda bir qadar asabiylashayotgani, odamlar yana aldanib qolishi mumkinligidan xavotirda ekani, qirgʻiz xalqining kechirimli va unutuvchanligi yana pand berishi mumkinligi haqida gapirgan.

 “Hozirda qamoqda oʻtirishi kerak boʻlgan kishilar oʻzini piar qilib, prezident boʻlmoqchi. Bu ham oʻtar. Oʻzing uchun aniqlab olishing kerak, chunki, shunday sabablar borki, baʼzi siyosatchilarni kechirib boʻlmaydi. Mamlakat va xalq taqdirini bir kunlik shuhrat va shov-shuvga almashtirib boʻlmaydi”,- degan Atambayev.

 U mamlakat toza qoʻllarda boʻlishini va rivojlanishda davom etishini istashi haqida gapirgan.

 “Saylov natijalari qanday boʻlishidan qatʼi nazar uni tan olish kerak. Asosiysi, biz ovozlar toʻgʻri hisoblashini taʼminlashimiz kerak. Yana bir ish bor, kimdir ovozlarni sotib olishga harakat qilishi mumkin, unda nima qilamiz… Biz odamlarni oxirigacha uygʻota olmaymiz, javobgarlik ularning oʻzida. Men hokimiyatni tinch topshirishni kafolatlayman. Endi mamlakat boshqacha, tizim boshqacha. Agar kimdir vaziyatni izdan chiqarmoqchi boʻlsa, kafolat beramanki, uning joyi koʻrsatib qoʻyiladi”,- deya soʻzlarini yakunldi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.