“Ramazon birlashish oyidir” nomli yillik iftor tadbiri

429
0

“Ramazon birlashish oyidir” nomli yillik iftor tadbiri

Hijriy 1438 yil muborak Ramazonning yettinchi kuni, milodiy 2017 yil 2 iyun juma kuni Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati Istanbuldagi Fotih rayonida “Ramazon 2017 yil birlashish oyidir” nomli yillik iftorlik tadbirini oʻtkazdi. Unga bir necha siyosiy vakillar, nohukumat tashkilotlar vakillari va axborot xodimlari, jurnalistlar, tadbirkorlar, akademik va yozuvchilar tashrif buyurdi.

Iftorlikda Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati matbuot boʻlimi raisi Mahmud Kor qisqacha maʼruza qildi. Maʼruzasida bunday soʻzlar kelgan: “Ramazon birlashish oyidir”, der ekanmiz, bundan qalblarimiz birligini, fikrlarimiz birligini, Ummatimiz va yurtimiz birligini, binobarin, bitta faoliyat ustida hamkor ekanimizni nazarda tutmoqdamiz”.

Qisqacha maʼruza qilgan mehmonlardan, ustoz Ramazon Bayhon va yozuchi tadqiqotchi Mahmat Bomok kabilar boʻldi. Barchalari musulmonlar zulm chekayotgan bugungi vaziyatni yoritdilar, shu bilan birga, musulmonlarni birlashtirish, oralarida oʻzaro birodarlik aloqalarini bogʻlash uchun qilayotgan saʼy-harakatlari uchun Hizb ut-Tahrirga tashakkur bildirdilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.