Obama uchuvchisiz uchoqlardan foydalanishni “adolatli” deb himoya qildi

413
0

 

images (6)

Prezident Obama dronlardan ( uchuvchisiz uchoq) o’z-o’zini himoya qilish vositasi o’laroq foydalanishni “adolatli” deya oqlagan.

Uning aytishicha, dron hujumlari kampaniyasi Amerikani xavfsizroq mamlakatga aylantirgan. Maxfiylik pardasiga obdon o’ralgan dron hujumlari haqida so’zlar ekan, Obama janoblari, bu amaliyotlar chog’ida tinch fuqarolar qurbon berilmasligi “qariyb aniq” bo’lishi kerak deb aytgan.

«Biz shunday bir tashkilot bilan urushga kirganmizki, agar ularni to’xtatmasak, ular imkon qadar ko’proq amerikaliklarni o’ldirishadi”, deb aytgan AQSh prezidenti Vashingtondagi Milliy Mudofaa universitetida chiqishida. Amerikaning dron uchoqlariga doir yangi yo’riqnomasida aytilishicha, Amerika harbiylari terrorchilikda gumon etilganlarni qo’lga olishga harakat qilishadi va bu ustivor masaladir, ammo dron hujumlari Amerikaga “davomiy va aniq xavf” tug’ilgan payti amalga oshiradi.

Jangarilarga qaratilgan bu kabi dron hujumlarida yuzlab begunoh tinch aholi vakillari ham halok bo’lishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.