بِسْـــمِ اللهِ الرَّحْمٰـــنِ الرَّحِيـــم
Har bir musulmonga hayotida zarur bo’ladigan shar’iy hukmlarni bilish farzi ayndir. Chunki u o’z ishlarini shariat hukmlariga muvofiq qilishga buyurilgan. Zero Shore’ning odamlarga va mo’minlarga qilgan taklif xitobi jazm (qat’iy) xitob bo’lib, bu to’g’rida hech kimning o’z ixtiyoricha ish tutishga haqqi yo’q. Bunga dalil
Alloh Taoloning ushbu qavlidir:
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلَا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْرًا أَنْ يَكُونَ لَهُمْ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَنْ يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا مُبِينًا
«Alloh va Uning payg’ambari bir ishni hukm qilgan – buyurgan vaqtida biron mo’min va mo’mina uchun (Allohning hukmini qo’yib) o’z ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir» [Ahzob: 36]
Xitob imon xususida bo’ladimi yoki insonning amallari xususidami, buning farqi yo’q. Zero Alloh Taoloning:
آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ
«Allohga va Uning Rosuliga imon keltiringlar» [Niso: 136]
degan qavli bilan
وَأَحَلَّ اللَّهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبَا
bayni halol, sudxo’rlikni harom qildi» [Baqara: 275]
degan qavli ikkalasi ham taklif xitobidir. U o’zidagi mavzu jihatidan emas, xitob ekanligi jihatidan jazm xitobdir. Har bir amal to’g’risida hisob berilishi bunga dalildir:
Alloh Taolo dedi:
فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَه -7, وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَه -8,
«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa (qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa uni ham ko’rur!» [Zalzala: 7-8]
يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ أَمَدًا بَعِيدًا وَيُحَذِّرُكُمْ اللَّهُ نَفْسَهُ
«Har bir jon o’z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko’radigan, yomon amallarining esa olis-olislarda qolib ketishini istaydigan kunni (eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur» [Oli Imron: 30]
وَتُوَفَّى كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ
«Har bir jon qilgan amalining (mukofotini) to’la oladi» [Naxl: 111]
Demak taklif qat’iy shaklda keldi. Musulmon har qanday ishni qilish chog’ida shariat hukmlari doirasidan chiqmaslikka qat’iy buyurildi. Taklif mavzusiga, ya’ni Alloh bajarishni yoki tark etishni talab qilib yoki ixtiyor berib taklif qilgan narsaga kelsak, u farz, mandub, muboh, harom, makruh bo’lishi mumkin. Ammo taklifning o’zi jazm-qat’iylik bo’yicha qolaveradi, u to’g’rida ixtiyor bo’lmaydi. Unga oid faqat bitta holat, ya’ni uning doirasidan chiqmaslik vojib bo’lib qoladi. Shunga binoan dunyo hayotida zarur bo’ladigan shar’iy hukmlarni bilish har bir musulmonga farz bo’ldi. Bundan ortiq hukmlarni bilishi esa farzi ayn emas, farzi kifoyadir. Uni ayrimlar ado etsa qolganlardan soqit bo’ladi. Buni Anas ibn Molikdan qilingan ushbu rivoyat quvvatlaydi:
Rosululloh A dedilar:
«طَلَبُ الْعِلْمِ فَرِيضَةٌ عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ»
«Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir».
Bu erda garchi musulmonga hayotida zarur bo’ladigan har bir ilm iroda qilinayotgan bo’lsa-da, bunga musulmonga hayotida zarur bo’ladigan ibodatlar, muomalalar va boshqalarning hukmlari jihatidan bo’lgan fiqh ham kirishini ta’kidlash joizdir. Shuning uchun ham fiqhni o’rganish musulmonlar uchun zarur ishlardan biri bo’libgina qolmay, balki zimmalariga Alloh farz qilgan ahkomlardan biri hamdir. Bu ahkom farzi ayn bo’ladimi yoki farzi kifoyami, buning farqi yo’q. Rosululloh A fiqhni o’rganishga targ’ib qildilar. Fiqhni o’rganishga undagan qator hadislar keldi. Masalan Buxoriy Muoviya ibn Abu Sufyondan rivoyat qildi:
Rosululloh A dedilar:
«مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ»
«Alloh kimga yaxshilikni ravo ko’rsa uni dinda faqih qilib qo’yadi». Said ibn Musayyab Abu Hurayradan ushbuni rivoyat qildi:
«مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ»
«Alloh kimga yaxshilikni ravo ko’rsa uni dinda faqih qilib qo’yadi».
Ibn Moja rivoyati. Bu hadislarda fiqhning fazilati va uni o’rganishga targ’ib ochiq ko’rinib turibdi. Umar ibn Xattob Gdan rivoyat qilinishicha u bunday dedi: «Kechalari ibodatda bedor, kunduzi ro’zador ming obidning o’limi Alloh halol va harom qilgan narsalarni biluvchi bitta oqilning o’limidan engilroqdir». Ibn Hanbal rivoyati.
Itoat
Itoat asosiy ish bo’lib, u sababli davlatda ham, jamoatda ham tartib-intizom vujudga keladi. U davlat va Ummatda ommaviy tartib-intizom mavjudligiga dalolat qiladigan eng muhim ko’rinishlardan biridir. Shuning uchun ham Qur’on ko’plab oyatlarda itoatga undab keldi. Vahiy kelib turganiga, mo”jizalar va risolat bo’lib turganiga, Rosululloh A shaxsan o’zi borligiga va bularning hammasi itoatni vujudga keltirish uchun etarli ekaniga qaramay Qur’on itoatga undab keldi. Qur’on buyurib kelgan itoat shunday itoatki, uning asosiga davlat va Ummat vujudi quriladi. U shu vaqtning o’zida itoat xulqini bayon qilish hamdir. Oyatlar itoat vojib bo’ladigan paytda itoat qilishga qattiq buyurib keldi. Buyurganda ham unga majburlaydigan va uni musulmon xususiyatlaridan biri qilib qo’yadigan tarzda buyurdi. Itoat qilish joiz bo’lmagan paytda itoat qilishdan qaytardi. Qaytarganda ham itoat qilmaslikka majburlaydigan va bunday paytda itoat qilishni musulmon o’zini yiroq tutishi lozim bo’lgan narsa deb e’tibor qilishga undaydigan tarzda qaytardi. Shuning uchun biz Qur’on itoat xususiyatini vujudga keltirayotgan paytda shunday deb aytayotganini ko’ramiz:
أَطِيعُوا اللَّهَ وَالرَّسُولَ
«Alloh va payg’ambarga itoat qilingiz!» [Oli Imron: 32]
فَاتَّبِعُونِي وَأَطِيعُوا أَمْرِي
«Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!» [Toha: 90]
وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا
«Quloq solib, itoat qilinglar» [Tag’obun: 16]
وَمَنْ يُطِعْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ
«Kim Alloh va uning payg’ambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritadi» [Niso: 13]
مَنْ يُطِعْ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللَّهَ
«Kimki payg’ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi» [Niso: 80]
وَمَنْ يُطِعْ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُوْلَئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ
«Kimda-kim Alloh va payg’ambarga itoat etsa, ana o’shalar Alloh in’omlariga sazovor bo’lgan zotlar bilan birga bo’lurlar» [Niso: 69]
Alloh bu oyatlarda mutlaq itoatga buyurdi, itoat muqayyad bo’lmay keldi. Biz Rosululloh Aning hokimlar va voliylarga har qanday holatda itoat qilishga buyurayotganini, faqat agar gunohga buyursagina itoat qilmaslik lozimligini aytayotganini ko’ramiz. Ibn Abbosdan Nabiy Aning shunday degani rivoyat qilindi:
«مَنْ كَرِهَ مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا فَلْيَصْبِرْ عَلَيْهِ فَإِنَّهُ لَيْسَ أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ خَرَجَ مِنَ السُّلْطَانِ شِبْرًا فَمَاتَ عَلَيْهِ إِلاَّ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»
«Kim amiridagi biron narsani yoqtirmasa unga sabr qilsin. Zero kimki sultondan bir qarich chetga chiqib shu holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi». Muslim rivoyati. Rosululloh A amirga itoat qilmaslikni jamoatdan ajralib qolish deb hisobladilar. Abu Rajo Utoridiy hadis rivoyat qilib dedi: Men Ibn Abbos Hdan Nabiy Aning shunday deganini eshitdim:
«مَنْ رَأَى مِنْ أَمِيرِهِ شَيْئًا يَكْرَهُهُ فَلْيَصْبِرْ فَإِنَّهُ مَنْ فَارَقَ الْجَمَاعَةَ شِبْرًا فَمَاتَ فَمِيتَتُهُ جَاهِلِيَّةٌ»
«Kim amiridan o’zi yoqtirmaydigan biron narsani ko’rsa sabr qilsin. Zero kim jamoatdan bir qarich ajrab o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi». Muslim rivoyati. Musulmonlar Nabiy Aga bay’at berishgan narsalardan biri itoat edi. Junoda ibn Abu Umayya rivoyat qiladi:
«دَخَلْنَا عَلَى عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ وَهُوَ مَرِيضٌ قُلْنَا أَصْلَحَكَ اللَّهُ حَدِّثْ بِحَدِيثٍ يَنْفَعُكَ اللَّهُ بِهِ سَمِعْتَهُ مِنَ النَّبِيِّ A قَالَ: دَعَانَا النَّبِيُّ A فَبَايَعْنَاهُ فَقَالَ فِيمَا أَخَذَ عَلَيْنَا أَنْ بَايَعْنَا عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ فِي مَنْشَطِنَا وَمَكْرَهِنَا وَعُسْرِنَا وَيُسْرِنَا وَأَثَرَةً عَلَيْنَا وَأَنْ لاَ نُنَازِعَ الأَمْرَ أَهْلَهُ قَالَ: إِلاَّ أَنْ تَرَوْا كُفْرًا بَوَاحًا عِنْدَكُمْ مِنَ اللَّهِ فِيهِ بُرْهَانٌ»
«Biz Uboda ibn Somitning oldiga kirdik. U kasal edi. Biz: Alloh sizga shifo bersin, Nabiy Adan eshitgan biron hadisni aytib bering, Alloh u sababli sizga naf etkazsin – dedik. U bunday dedi: Nabiy A bizni da’vat qildilar. Biz u kishiga bay’at berdik. Bizdan bay’at olar ekan, xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og’ir kunlarimizda ham, engil kunlarimizda ham quloq solib, itoat etishga, o’zimizdan afzal ko’rishimizga, ishni egasidan talashmasligimizga bay’at berishimizni aytib: faqat agar ochiq kufrni ko’rsangiz va sizda bu haqda Allohdan aniq hujjat bo’lsa, (shundagina talashishingiz mumkin), dedilar». Buxoriy rivoyati. Demak oyat va hadislar itoatga buyurib keldi. Lekin bu itoat Islom doirasida bo’lishi lozim. Shuning uchun boshqa hadislar Allohga osiy bo’linadigan o’rinda itoat qilishdan qaytarib keldi. Nabiy A dedilar:
«لاَ طَاعَةَ لِمَخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ»
«Xoliqqa osiy bo’linadigan o’rinda maxluqqa itoat qilinmaydi». Ahmad rivoyati. Nofe’ Abdulloh Gdan, u Nabiy Adan shunday deganini rivoyat qildi:
«السَّمْعُ وَالطَّاعَةُ عَلَى الْمَرْءِ الْمُسْلِمِ فِيمَا أََحَبَّ وَكَرِهَ مَا لَمْ يُؤْمَرْ بِمَعْصِيَةٍ فَإِذَا أُمِرَ بِمَعْصِيَةٍ فَلاَ سَمْعَ وَلاَ طَاعَةَ»
«Musulmon kishi, modomiki biron gunohga buyurilmas ekan, yoqtirgan va yoqtirmagan narsasida quloq solib, itoat qilishi vojib. Endi agar biron gunohga buyurilsa quloq solib, itoat qilmaydi». Buxoriy rivoyati. Biroq Alloh buyurgan bu itoat ommaviy tartib-intizom o’rnatish lozim bo’lgan paytda bo’ladi. Ammo bu itoat Islom ziddiga bo’lsa yoki Alloh yo’lidan boshqa yo’l foydasiga xizmat qiladigan bo’lsa, bunday holatda Islom itoat etishdan qattiq qaytardi. Shu bois Alloh Taolo bizni ayrim itoatlardan ochiq qaytarib, shunday dedi:
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تُطِيعُوا فَرِيقًا مِنْ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ يَرُدُّوكُمْ بَعْدَ إِيمَانِكُمْ كَافِرِينَ
«Ey mo’minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga bo’yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar» [Oli Imron: 100]
وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُ عَنْ ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوَاهُ وَكَانَ أَمْرُهُ فُرُطًا
«Va Biz qalbini Bizni zikr qilishdan g’ofil qilib qo’ygan, havoyi-nafsiga ergashgan va qilar ishi isrofgarchilik bo’lgan kimsalarga itoat etmang!» [Kahf: 28]
وَإِنْ تُطِعْ أَكْثَرَ مَنْ فِي الْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ
«Yer yuzidagi kimsalarning juda ko’plariga itoat qiladigan bo’lsangiz, sizni Allohning yo’lidan ozdirurlar» [An’om: 116]
فَلَا تُطِعْ الْكَافِرِينَ
«Bas siz kofir kimsalarga bo’yinsunmang!» [Furqon: 52]
فَلَا تُطِعْ الْمُكَذِّبِينَ
«Bas, (ey Muhammad) sizning haq payg’ambarligingizni va Qur’onni «yolg’on» deguvchi kimsalarga itoat etmang!» [Qalam: 8]
وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ آثِمًا أَوْ كَفُورًا
«Va ulardan (kofirlardan) biron gunohkor yo ko’rnamakka itoat qilmang!» [Inson: 24]
وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَهِينٍ
«(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo’r kimsaga itoat etmang!» [Qalam: 10]
Bu oyatlarning hammasi o’z sifatlari bilan ajralib turuvchi muayyan shaxslarga itoat etishdan qaytarmoqda. Bu oyatlarni kuzatadigan bo’lsak ularda aytilayotgan itoat Islom ziddiga ekanligi va Islom yo’lidan boshqa yo’lga xizmat qilishi ayon bo’ladi. Alloh Taolo bularni bizga dillarimizda itoat ommaviy tartib-intizomni vujudga keltirish sari yo’naladigan bo’lib shakllanishi uchun, Islom davlati vujudiga zarar bo’ladigan o’rinlarda itoatdan yiroq bo’lishimiz uchun bayon qildi. Shuning uchun musulmon odam Allohning itoat qilish haqidagi amriga labbay deb bo’ysunar ekan, Alloh kimga itoat etishdan qaytargan bo’lsa unday kimsalarga itoat etishdan qaytishi vojib.