BMT Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z chegaralarini yopmaslikka chaqirdi

695
0

BMT Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z chegaralarini yopmaslikka chaqirdi

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar agentligi “Tolibon” butun Afg‘oniston bo‘ylab hujumlarini davom ettirar ekan, mamlakat qo‘shnilarini o‘z chegaralarni ochiq saqlashga chorladi.

 13 avgust kuni Jenevada o‘tkazilgan brifingda BMT Qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissarligining (UNHCR) matbuot kotibi Shabiya Mantu:

 “Biz gumanitar falokat yoqasida turibmiz”, dedi.

 “Xavfsiz joy topa olmaslik son-sanoqsiz fuqaroning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Lozim bo‘lsa, UNHCR milliy hukumatlarga gumanitar yordam ko‘lamini oshirishda yordam berishga tayyor”, –  deya qo‘shimcha qildi Shabiya Mantu.

 Izoh: “Tolibon” harakati ham 13-avgust kuni afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi.

 “Tolibon” otryadlarining tezlik bilan o‘sishi harakatning ommaviyligi belgisi hisoblanadi. Agar kimda-kim “Tolibon”ga qarshi kurashgan bo‘lsa, hech narsadan xavfsiramasin. Hamma tinch yashashi mumkin. Biz sizlarning birodarlaringizmiz. Agar kimdir sizga “Tolibon” nomidan hujum qilsa, unga chora ko‘rish uchun zudlik bilan bizning shtabga xabar qiling”, – deyiladi harakat bayonotida.

 Shuningdek, bayonotda aholi uylarini tark etmaslikka, hukumat amaldorlari esa oilasi bilan mamlakatdan chiqib ketmaslikka chaqirgan va hukumat armiyasi harbiy xizmatchilariga amnistiya, xususiy va davlat mulklariga daxlsizlik va’da qilgan.

 “Tolibon” harakati so‘nggi kunlarda Afg‘onistonning 34 viloyatidan 18tasini o‘z nazoratiga olgan bo‘lsa, internet taromoqlarida tarqatilayotgan video lavhalarda tinch aholiga nisbatan birorta zo‘rovonlik harakati sodir etilgan holatlari qayd etilmagan. Videolarda harakat shaharlarga kirib borgan vaqtda tinch aholi vakillar odatdagidek o‘z yumishlari bilan band bo‘lib yurishganini ko‘rish mumkin.

 “Tolibon” tomonidan tinch aholiga nisbatan birorta zo‘rovonlik holatlari sodir etilmasdan turib xalqaro hamjamiyat va OAVlari sun’iy vahima uyg‘otish orqali afg‘on xalqi yuragiga g‘ulg‘ula solib, imkon qadar qochqinlar soni ko‘proq bo‘lishiga va yakin va uzoq qo‘shni davlatlar uchun muammo tug‘dirishga harakat qilishmoqda. Bu bilan Eron, Pokiston va Tүrkiya kabi AQShga tobe’ davlatlarning Afg‘oniston ishlariga burin tiqishiga bahona paydo qilinadi. Shuningdek, BMT va G‘arb davlatlarining hali paydo bo‘lmagan qochqinlar muammosiga bu qadar e’tibor qaratishining asosiy sabablaridan biri ko‘yidagicha. Afg‘oniston bilan chegaradosh O‘rta Osiyo respublikalari Rossiya bosimi ostidan hozircha AQShga harbiy baza uchun er berishni rad etib turishipti. Agar G‘arb OAVlarining axborot hujumi samara berib, qochqinlar oqimi paydo bo‘lsa, qo‘shni davlatlar uchun haqiqiy muammo vujudga keladi. Shunda “Tolibon” harakatini “tiyib turish” uchun qo‘shimcha kuch va texnikalarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu texnika va kuchlarni joylashtirish uchun O‘rta Osiyoga harbiy baza qurish zaruriyati tug‘iladi. Shu orqali AQSh mintaqada harbiy ishtirokini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.