Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz tartib Ukraina uchun “Rossiya imperiyasi bilan ajrashuv”ni anglatadi, dedi Petr Poroshenko“1+1” telekanaliga bergan intervьyusida.
Yevropa Ittifoqi vazirlar kengashi 11 may kuni Ukraina uchun viza tartibini bekor qildi. Ushbu qarorga muvofiq, Ukraina fuqarolari YeIga aʼzo mamlakatlarga yarim yil davomida 90 kunga vizasiz kirish huquqini qoʻlga kiritdilar.
Shu bilan birga amaldorlar, migratsiya yoki xavfsizlik masalalari tufayli muammolar paydo boʻladigan boʻlsa, ushbu tartib istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkinligini eslatib oʻtdilar.
Endilikda YeI kengashi qarori Yevropa parlamenti raisi Antonio Tayani va YeIda raislik qilayotgan Malьta Bosh vaziri Jozef Muskat tomonidan imzolanishi lozim. Shundan soʻng uni YeIning rasmiy nashrida eʼlon qilinadi va oradan 20 kun oʻtib vizasiz tartib kuchga kiradi.
Ukraina Bosh vaziri Vladimir Groysmanning soʻzlariga koʻra, mamlakat aholisi vizasiz tartibda 11 iyundan YeIga aʼzo mamlakatlarga chiqishlari mumkin.