Fransua Olland rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi

420
0

images (8)

Frantsiya prezidenti Fransua Olland Turkiya prezidenti Abdulloh Gulning taklifiga binoan 27-28 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Prezident idorasi matbuot markazining tarqatgan bayonotiga ko’ra, Fransua Ollandning ziyorati Frantsiyadan Turkiyaga 22 yillik tanaffusdan so’ngra ikkilamchi rasmiy tashrif sifatida amalga oshmoqda.

Bayonotda aytilishicha, 27 yanvar dushanba kuni Anqarada tashkil qilinadigan rasmiy uchrashuvlarda siyosiy va iqtisodiy aloqalar va shular kabi ikki o’lka orasidagi boshqa jihatlar hamda yangi hamkorlik va sherikchilik imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. Shuningdek bayonotda Yevropa ittifoqi doxil xalqaro va mintaqaviy masalalar haqida ham fikr almashinishi bildirildi.

Fransua Ollandning ziyorati sababli ikki o’lka orasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga va aloqalarning kuchaytirilishiga qaratilgan ba’zi bitimlar imzolanishi ma’lum qilingan bayonotda aytilishicha, Abdullo Gul va Fransua Ollandning Ankaradagi rasmiy uchrashuvi ortidan 28 yanvar seshanba kuni Istambulda Turk-Fratsuz mehnat forumiga ishtirok etadi.

Ollandning ziyorati bu ikki mamlakat orasidagi eski aloqalarga yangicha tus berishi va har sohada hamkorlikning o’zaro manfaatlar asosida chuqurlashtirib rivojlanishiga yordam berishi qayd etildi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.