AQSh harbiy harajatlarini oshirishga qaror qildi

938
0

“Sputnik” xabariga koʻra, Stokxolьm Jahon muammolarini oʻrganish instituti dunyo mamlkatlari harbiy maqsadlarga qancha xarajat qilayotganini hisoblab chiqdi. Institut xabariga koʻra, Donalьd Tramp prezident boʻlganidan keyin AQShning harbiy xarajatlari yanada ortgan.

Bugungi kunda butun dunyo miqyosida qilinayotgan umumiy harbiy harajatlarning 36 % – AQSh tomonidan, 13 % – Xitoy tomonidan va 4,1 % Rossiya tomonidan amalga oshirilmoqda. Ekspertlar fikriga koʻra AQSh 2018 yilda “Hamma narsa front uchun, hamma narsa gʻalaba uchun” shiori ostida yashaydi, yaʼni amerikada harbiy xarajatlari miqdorini keskin oshib, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, taʼlim sohalarda, yashil energetika sohalaridagi xarajatlar kamayadi.

Donald Tramp 2018 yil uchun Kongressdan harbiy xarajatlarga 639 millard dollar soʻragan. Bu 2017 yilga nisbatan 52 milliardga koʻp. Pentagon uni qoʻllab quvvatlamoqda. Ularning aytishicha, “Rossiyaning qanotli raketalariga nisbatan AQShning himoyasi yoʻq” emish.

Stokxolm instituti xabarida aytilishiga koʻra, dunyoning neft eksportchi mamlakatlari oʻzlarining harbiy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirmoqda. Xususan, Saudiya Arabistoni (-30%), Venesuela(-56%), Ozarbayjon (-36%). Hisobotda, Qozogʻiston ham oʻz harbiy harajatlarini qisqartirgani qayd etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.