Qirgʻizistondagi diniy vaziyat muhokama qilindi

561
0

Qirgʻizistondagi diniy vaziyat muhokama qilindi

“vb.kg” internet nashrining xabar qilishicha, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 31 mart kuni Qirgʻiziston respublikasi Din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi direktori Zayirbek Ergashov va Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmasi rahbari, muftiy Maqsad hoji Toktomushevni qabul qildi. Bu haqida prezident maʼmuriyati axborot siyosat boʻlimi maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, uchrashuvda din sohasidagi hozirgi vaziyat, uning rivojlanish tendentsiyalari va bu borada davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilingan.

Zayirbek Ergashov diniy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatda radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurashda davlat, diniy boshqarma va diniy yetakchilarning hamkorlikdagi harakatlarini tartibga solishni yanada faollashtirish zarurligi haqida aytib oʻtdi. Shuningdek, diniy sohada davlat siyosati kontseptsiyasini amalga oshirish boʻyicha batafsil tushintirish berib oʻtdi.

Prezident Almazbek Atambayev davlat idoralari, diniy tashkilot va ulamolar davlatchilik va xalq birligini mustahkamlashda bundan buyon ham hamkorlikda ish olib borishlari muhimligini alohida belgilab oʻtdi. Atambayev shuningdek, Qirgʻizistondagi diniy vaziyatni monitoring qilish va oldini olish qoʻshma chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishiga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Turkiston:

Atambayev aprel oyida boʻlib oʻtadigan muftiy saylovi oldidan, oʻziga qulay va manfaatli nomzodning yana bir marotaba vaʼdasini olib qoʻymoqchi boʻldi. Saylovda Chubak hojining ham ishtirok etishi kutilyapti. Uning obroʻyi juda baland. Lekin ulamolar kengashi Atambayevning GKNB tashkilotining qoʻlida. Shuning uchun muftiylikka saylov shunchaki rasmiyatchilik xolos. Kim muftiy boʻlishini prezident belgilaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.