Erdogʻan: Prezident tizimi saylovida Xalifalikka aslo oʻrin yoʻq

985
0

Erdogʻan: Prezident tizimi saylovida Xalifalikka aslo oʻrin yoʻq

Koʻrfaz davlatlariga rasmiy safar uyushtirgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon Saudiya Arabistonida hukmatga qarashli Al-Arabiya telekanaliga intervyu berdi. Prezident Erdogʻan jurnalistning “Xalifalikning qayta barpo qilish kabi biror fikringiz yoki istagingiz bormi?”, degan savolga shunday javob berdi:

“Dunyo kundan-kunga oʻzgarib bormoqda. Biz hokimiyatga qaysi tizimni olib kelishni istayotganligimizni va shu onda qaysi yoʻl afzalligini bugungacha aytib keldik. Yaqinda Turkiyada referendum oʻtkaziladi. Bu referendum prezidentlik tizimi haqidadir. Prezident tizimi saylovida siz soʻragan jihatga aslo oʻrin yoʻq. Yaʼni shu onda Turkiyaning biron bir Xalifalik degan dardi yoʻq, Xalifalik muammosi yoki shunga oʻxshash masalalar kun tartibiga umuman kiritilmagan”.

Ilmoniylik haqida esa jurnalistning “Siz Islom bilan ilmoniylik tushunchasini chiroyli suratda birlashtira olasiz. Bu haqda Arab dunyosi uchun qanday maslahat bergan boʻlardingiz”, degan savolga Erdugʻonning javobi quyidagicha boʻldi:

“Men Islom dunyosi bu (Islom bilan ilmoniylik oʻrtasidagi) bogʻliklikni nega bunchalik paysalga solayotganligidan hayronman. Biz partiyamizni tashkil qilgan paytimizda ilmoniylikka aniqlik kiritdik. Janob Mursiy Misr prezidenti boʻlib turgan paytda Misrga qilgan safarimda Qohiradagi opera binosida anjuman oʻtkazdik. Men anjumanda ilmoniylikni tushuntirib berdim va u bilan Islom oʻrtasidagi munosabatlarni yoritib berdim. Xoʻsh biz tashkil qilgan partiyamizdagi ilmoniylikning taʼrifi nimadan iborat? Birinchidan insonlar ilmoniy boʻlishmaydi, balki davlat ilmoniy boʻladi. Ilmoniylikda davlat har bir diniy oqimlarga bir xil eʼtiborda qaraydi. Har bir din vakillarining eʼtiqodini himoya qiladi. Buning Islomga zid keladigan joyi bormi? Yoʻq albatta. Ammo buni hozirgacha turli talqin qilayotganlar bor. Ilmoniylikni har xil tushunganlar boʻlishi tabiiy. Yevropacha ilmoniylik tushunchasi bor, Anglo-sakson mamlakatlardagi ilmoniylik tushunchasi bor, bularning barchasi bir biridan farq qiladi. Lekin ayni paytda bizning partiyamizga oid ilmoniylik tushunchasi bulardan umuman boshqacha”.

Turkiston:
Ilmoniylik soʻzi dinni davlatdan ajratish maʼnosini anglatadi. Bu degani Islomni faqat namoz, roʻza, zakot va haj kabi ibodatlargagina cheklash va siyosatdan, yaʼni xalqning ishlarini boshqarishdan umuman uzoq turish deganidir. Ilmoniy davlatda tuzumni insonning oʻzi barcha erkinliklarni inobatga olgan holda tuzishi lozim.
Erdugʻon ilmoniylik haqida soʻz yuritar ekan, Islomni ilmoniylikka moil qilib koʻrsatishga urinmoqda. Aslida Erdugʻonning “Insonlar ilmoniy boʻlishmaydi, balki davlat ilmoniy boʻladi”, degan gapi musulmonlar ilmoniy davlatda kufr qonunlari bilan boshqariladi”, degan maʼnoni bildiradi. “Ilmoniylikda davlat har bir diniy oqimlarga bir xil eʼtiborda qaraydi”, degan gapi esa “Islom ham, uning siyosiy jihatlari ham boshqa dinlar kabi davlatdan uzoqlashtiriladi”, degan maʼnoni anglatadi. Vaholangki Alloh Taolo Qurʼoni Karimdada

وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْكَافِرُونَ

“Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir”.

إِنْ الْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ

“Hukm-hokimlik faqat Allohnikidir”.

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ

“(Ey Muhammad), ular oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qoʻyishlaridan ehtiyot boʻling!”, deya musulmonlarni faqat shariat bilan hukm yuritishini qattiq talab qilgan. Xalqlarning ishlarini boshqarishda esa shariatga murojaat qilishdan bosh tortadigan kishilarni esa kufrga nisbat berish bilan ogohlantirgan.

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا

“Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻyinsunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar”.
Mana shu dalillardan keyin ham ilmoniylikning Islomga zid joyi yoʻq, deb aytish mumkinmi?!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.