AQSh 2016 yilda Suriya va Iroqqa 24.287ta bomba tashlagan

615
0

AQSh 2016 yilda Suriya va Iroqqa 24.287ta bomba tashlagan

Qarorgohi Amerikada joylashgan AQSh tashqi aloqalar kengashi hayʼati tomonidan qilingan Devinson tahliliga koʻra, Qoʻshma Shtatlarning Suriya va Iroqqa 2016 yil mobaynida tashlagan bombalari 24.287ga yetgan.

Bu ikkala yurtimizga AQShning har kuni 67ta bomba tashlaganini anglatadi. Devinson tahlili nashr qilingan kunning oʻzida, AQSh mudofaa vazirligi elektron saytida 2017 yilda AQSh Suriyada 15ta havo zarbasi yoʻllagani va 23ta obʼektni nishongan olgani, bularga qoʻshimcha, Iroqda ham 10ta obʼektni nishonga olgani aytiladi.

Amerikaning bunday vahshiyona hujumlari shu darajaga yetganki, amerikalik harbiy strateglar bombardimon qilish surʼatini saqlab qolish uchun bombalar zaxiralarini Yevropa va Tinch okeanidan burishga majbur boʻldilar. Bu “Uoll-Stirt jornal”ning 2017 yil 5 yanvardagi sonida nashr qilingan “IShIDga qarshi tashlanadigan bomba va raketalar hajmini kamaytirmaslik uchun “Voeing”, “Lockheed” va “VAYE”lar ishlab chiqarish surʼatini oshirdi”, sarlavhali hisobotda aytildi.

Qoʻzgʻolonchilar qoʻliga Suriya xalqiga qarshi qaqshatqich qirgʻinlardan himoya qilishga yaraydigan qurol-aslahalarning tushishini oldini olish maqsadida, AQSh qonxoʻr Asad rejimini qoʻllab-quvvatlash bilangina kifoyalanmadi. Balki parda ortida turib, zohirda rus bombardimonlarini qoraladi va bir vaqtning oʻzida, Suriyadagi oʻz hukmronligini mustahkamlash uchun u yerdagi qirgʻinga gʻayrat bilan oʻzi bosh-qosh ham boʻldi.

Darhaqiqat, Amerika Suriya va Iroqdagi musulmonlarni qirgʻin qilishi bilan Islomga qarshi nafratini ayamay sochdi. Shu qirgʻin uchun butun dunyodagi oʻzining harbiy bazalarini boʻshatdi. AQSh mudofaa vazirligi keltirgan raqamlarga koʻra, buning uchun u amaliyotlar boshlaganidan beri 2016 yil 15 oktyabrga qadar 10 milliard dollarga yaqin mablagʻ sarflagan. Yaʼni bu kuniga 12.5 million dollarga toʻgʻri keladi. AQSh “diqqat bilan bombardimon qilish”, degan yolgʻon ortiga yashiringan boʻlib, uning armiyasi markaziy qoʻmondonligi “asl maqsad” nomli amaliyot boshlangandan buyon atigi 188 nafar shaxs oʻldirilganini daʼvo qildi.

AQShning oʻldirgan shaxslari soniga oid statistikasi gʻirt yolgʻon, albatta. Masalan, Suriya inson huquqlarini nazorat qilish markazining 2016 yil avgust oyida nashr qilgan hisobotiga koʻra, AQShning birgina Manbij shahriga qarshi oʻtkazgan amaliyotlarining oʻzida 199 nafar shaxs halok boʻlgan, ulardan 52 nafari bolalardir. Ayni hisobotni Xalqaro Amnistiya tashkilotining 2016 yil 26 oktyabrda shunga oʻxshash nashr qilgan hisoboti ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda AQShning Suriyada 300dan ziyod oddiy fuqaroni oʻldirganini taʼkidlaydi.

Ey musulmonlar!

Iroqda buzgʻunchilik qilish va Shomdagi muborak qoʻzgʻolonni yoʻq qilish uchun AQSh yetakchiligidagi kofirlar qattiq makr qilishdi. Ular oʻz nazdlarida juda chiroyli ish qildik deyishyapti va oʻzlari “terrorizmga qarshi kurash” va “diqqat bilan bombardimon qilish” kabi soxta shiorlar ortiga yashirinishmoqda. AQSh ittifoqchilari bilan birgalikda yurtlarimizda buzgʻunchilik, vayrona va qirgʻinlarni sodir etish uchun juda katta mablagʻ sarfladi. Biroq ular qoʻrqayotgan narsaga ilgargidan ham yaqinroq qoldi. Alloh Subhanahu va Taolo bunday demoqda:

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ اللّهِ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ وَالَّذِينَ كَفَرُواْ إِلَى جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

“Albatta, kofirlar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflaydilar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar” [Anfol 36]

Shomdagi aka-ukalarimiz va opa-singillarimizga bunday deymiz:

Shayton Amerika yoʻliga ergashmang va orangizdagi “siyosiy yechim”ni qabul qilishga targʻib etayotgan xoinlarga barham bering. AQSh “Jeneva-1”da tiqishtirgan ayni yechim musulmonlarning daryo boʻlib oqqan qonlarida choʻmilishni anglatadi. Shuncha qurbonlar AQShning Suriyaga qayta hukmron boʻlishi uchun berilgani yoʻq, albatta.

Butun Islom Ummatini anavi buzgʻunchi hukmdorlarni agʻdarish uchun bir musht boʻlib harakat qilishga daʼvat qilamiz. Chunki bu xoinlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasidagi islomiy hayotni qayta boshlashni oldini olish uchun Amerika va Gʻarb siyosatlarini ijro etishmoqda.

Islomiy yurtlardagi harbiylarimizga bunday deymiz:

Siz ushbu buyuk Ummat farzandlarisiz. Vazifangiz, Alloh Azza va Jalla diniga xizmat qilish va Ummatni himoya qilishdir. Shu vazifalaringizdan yana biri, xoin hukmdorlarni agʻdarish va Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bayrogʻi ostiga kirishdir. Faqat shu yoʻl bilangina karami keng, qudrati ulugʻ Allohning marhamatiga noil boʻla olasiz, chunki Alloh Oʻz diniga siz orqali ham yoki boshqalar orqali ham albatta nusrat beradi.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi 781

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.