Kremlning Tramp borasidagi xursandchiligi ishonchsizlikka aylandi

447
0

Kremlning Tramp borasidagi xursandchiligi ishonchsizlikka aylandi

“Kun.uz”ning “Bloomberg” agentligi xabariga asoslangan holda xabar qilishicha, Kreml maʼmuriyatining Donalьd Tramp gʻalabasidan his qilgan xursandchiligi uzoqqa choʻzilmay, ishonchsizlikka aylangan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kreml Tramp davrida AQSh bilan munosabatlarni qisqa muddatga boʻlsin yaxshilash mumkinligiga unchalik ishonmayapti.

“Oq uyda Vladimir Putin muxlisi paydo boʻlishiga doir Kremldagi dastlabki xursandchilik ishonchsizlikka aylandi”,- deb xabar qilgan Bloomberg Moskvadagi 4 nafar yuqori lavozimli manbasiga asoslangan holda.

Bunga, Qoʻshma Shtatlar saylangan prezidentining ayrim bayonotlari sabab boʻlgan. Xususan, u AQSh yadro salohiyatini mustahkamlash haqida soʻz yuritgan edi. Shuningdek, Tramp, Yevropa OAVga bergan intervьyusida, Rossiyaga nisbatan sanktsiyalarni yumshatish sifatida qurolsizlanish muzokaralarini ham shart qilib ilgari surgandi.

“Kremlning Trampdan kutayotganlari sezilarli oʻzgargan”,- deya Siyosiy konʼyuktura markazi direktori Aleksey Chesnakov soʻzlarini keltiradi Bloomberg agentligi. “Rossiya rahbariyati munosabatlarni tiklash oson boʻlmasligini aniq koʻrmoqda”,- deya qoʻshimcha qilgan Chesnakov.

Tramp AQSh prezidentlik saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan munosabatlarini turlicha taxmin qilgan edi. Jumladan, milliarder prezident 2016 yil 8 sentyabrdagi chiqishida “Putin ikkovining munosabatlari juda, juda yaxshi boʻlishi” haqida fikr bildirgan edi.

Bundan uch oylar ilgari, yaʼni 2016 yil yoz oylarida Reuters agentligiga bergan intervьyusida Tramp: “Oʻylaymanki, Rossiya bilan munosabatlarimiz yaxshi boʻladi. Balki, bunday boʻlmas. Putin men haqimda ijobiy soʻzlarni aytgani, muzokaralarda unga qoʻl kelishini anglatmaydi. Ha, haqiqatda yordam bermaydi”, – degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.