Xalifalikni yoqlagan maktab direktori ilmoniy hukumat tarafidan ishdan chetlatildi

429
0

Xalifalikni yoqlagan maktab direktori ilmoniy hukumat tarafidan ishdan chetlatildi

Turkiyaning Nevshahar viloyatida oʻrta maktab drektori vazifasida ishlab kelayotgan Iskandar Chinor Xalifalik tarafdori boʻlganligi uchun demokratik boshqaruvni daʼvo qilib kelayotgan Turkiyaning ilmoniy hukumati tarafidan oʻz vazifasidan chetlatildi. Iskandar Chinor ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali Turkiyadagi jumhuriyat boshqaruvi oʻrniga Xalifalik boshqaruvi kelishini yoqlab chiqqanligi uning ishdan haydalishiga sabab boʻldi.

Xabarlarda aytilishicha, drektor ustidan viloyat milliy taʼlim tarbiya vazirligiga tushgan shikoyatlar boʻyicha tergov oʻtkazilgan va tergov natijasida Yunus Amri nomli markaziy imom xatib oʻrta maktab drektori Iskandar Chinor oʻz vazifasidan chetlatilgan. Milliy taʼlim tarbiya mudiri Yasin Sezel tergov hali oxiriga yetmaganligini qayd etdi.

JHP (Jumhuriyat xalq partiyasi) viloyat vazirligi ham bu haqida bayonot berib, vazifasidan chetlatilgan drektorni jinoyat qilganligini eʼlon qilgan. Nevshahar viloyatining hokimi Ilhomiy Aktashiyni ziyorat qilib, undan tergov haqida maʼlumot olgan JHPning viloyatdagi boʻlimi rahbari Kamil Gulmaz jumhuriyat, ilmoniylik va Otaturkning dushmani deb sifatlagan maktab drektorining ishdan haydalganligini maʼlum qildi.

Otaturkning izdoshlaridan boʻlgan JHP partiyasining Islomiy xalifalik talabida boʻlgan drektorni jinoyatchilikda ayblab chiqishi tabiiy hol. Ammo qizigʻi shundaki, bu partiya davlat tarafidan terrorchi guruhlar sifatida tan olingan PKK (kurd ishchilar partiyasi) va FETO (Fathulla Gulen jamoati) kabi guruhlarni har bir platformasida yoqlab chiqadi. Agar ularga “nega terrorchi guruhlarni tarafini olyapsan” deyilsa, demokratiyada soʻz erkinligi borligini roʻkach qiladi. Lekin bu huquq oʻz aqidasida mustahkam turgan musulmonlarga kelganda ish bermaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.