Asad va Sisi terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlikda kurash olib boradi

418
0

Asad va Sisi terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlikda kurash olib boradi

Suriya razvedka xizmatining boshligʻi Ali Mamluk besh yil ichida birinchi marta rasmiy tashrif bilan Misr poytaxti Qohiraga keldi. Xabarlarda aytilishicha, Ali Mamluk Misr hukumati bilan terrorizm (Islomga) qarshi kurash hamkorlik qilish borasida kelishib olgan.

SANA axborot agentligi ham Ali Memlukning bir kunlik safar bilan Qohiraga borib, Misr razvedka xizmatining boshligʻi Xolid Fevzi va boshqa mansabdor shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazganligini maʼlum qildi.

Muzokaralar natijasida Suriya va Misr davlatlari duch kelayotgan terrorizm (Islom) xavfiga qarshi muvofiqlik va hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha kelishib olinganligi eʼlon qilindi. Suriya va Misr oʻrtasida bundan oldin ham turli sohalar buyicha uchrashuvlar boʻlib oʻtganligi maʼlum. Ammo bu uchrashuv rasmiy jihatdan qaraganda, avvalgilardan koʻra oʻta muhim ekanligi olgʻa surilmoqda.

Oʻtgan oy Misr vakili BMT Xavfsizlik kengashidagi ovoz berishda Rossiyaning Suriya borasida tuzib chiqqan loyihasini dastaklab chiqqan va uning bu munosabati As-Sisi xuntasining asosiy homiysi boʻlgan Saudiya Arabistoni biroz gʻazablantirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.