Bishkekda portlovchi qurilma zararsizlantirildi

474
0

Bishkekda portlovchi qurilma zararsizlantirildi

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot kotibi Rahat Sulaymonovning xabar qilishcha, Qirgʻiziston huquq-tartibot organlari mamlakat poytaxti Bishkek shahri markazida 2ta qoʻlbola bombani zararsizlantirgan.

“20 sentyabrь kuni Mahatma Gandi va Birinchi may koʻchalari kesishmasidagi hududda ikkita qoʻlbola bomba zararsizlantirildi”,- dedi Sulaymonov.

Uning soʻzlariga koʻra, yoʻlovchilar yoʻlda yotgan ikkita shubhali paket haqida militsiyaga xabar qilishgan.

Xabar qilinishcha, portlovchi qurilmalar masofadan turib yoʻq qilingan. Jabrlanuvchilar yoʻq”.

“Qirgʻiziston huquq-tartibot organlari Bishkek aholisini ogohlikka chorlaydi”,- deyiladi xabarda.

Turkiston:

90 – yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ham xuddi shunday amaliyot va ish choralari boshlangan edi. Oʻzbek mulozimlari buni “ogohlikka daʼvat” deb atashdi. Kuch organlari olib borgan bu amaliyotlar fuqorolarni qoʻrqitishga qaratilgan edi. 1999 yili 16 fevral kuni, goʻyoki Karimovga suiqast maqsadida uyushtirilgan qoʻporuv amaliyotlari bilan bu vahimali ish-harakatlardan kutilgan maqsadlarini amalga oshirishdi. Oʻnlagan, baʼzida yuzlagan begunoh odamlarning oʻlimi bilan yakun topadigan bu kabi iflos amaliyot oʻsha kuni ham juda koʻp insonni yostigʻini quritgan edi.

Ularning asl maqsadlari qoʻporuv amaliyotlaridan keyin boshlandi. Oʻn minglagan musulmonlar qamoqqa olindi. Ular nohaq ayblovlar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindilar. Avval jangari mujohidlar quvgʻin qilingan boʻlishsa, soʻng oʻn mingdan ziyod Hizb ut-Tahrir aʼzolari qamoqqa olindi va bu hozirgacha davom etib kelyapti. Abduvali qori kabi kufrga rozi boʻlmagan barcha olimu ulamolar va imomlar yoʻq qilib yuborildi, qamaldi va chet mamlakatlarga quvgʻin qilindi. Vaholangki bu musulmonlarning baʼzilari, avvalida bir birlariga qarshi hukumat bilan hamkorlik qilishgan edi. Hukumat esa, ulardan vaqtincha foydalanib, birin-ketin hammasini yoʻq qilib yubordi. Bu inkor qilib boʻlmaydigan faktlardir.

Qirgʻiz hokimiyati ham, xuddi Oʻzbeklarning uslubini qoʻllamoqchi boʻlyapti. Bu asli rus hukumatiga sovetlar ittifoqidan meros qolgan KGB maktabining taʼlimotidir. Ular bu harakatlari bilan oʻz fuqarolarini doim vahimada ushlab turishga urinishadi. Bu boshqaruv uslubi – fuqorolarni doim qoʻrquvda ushlab turish va shu holatda ularni boshqarish uchun tuziladigan avtoritar rejim deyiladi. Shuningdek, ular davlatning boshqaruv, iqtisod va boshqa barcha sohalardagi zaif tomonlarini yashirish va bu zaifliklari uchun boshqa bir mafkuraviy harakatlarni aybdor qilish maqsadida shunday ishlarga qoʻl urishadi. Buning uchun ular har doim bir xil ish olib borishadi. Avval islomiy mafkuraga va undan balqib chiqib kelayotgan Islomiy qadriyatlarga hamda shu qadriyatlarni oliy deb bilgan musulmonlarga qarshi saqofiy va matbuot kurashi olib borishadi. Soʻng yuqoridagidek portlovchi moddalar qoʻyish bilan vahima tarqatish maqsadida matbuot hujumi uyushtirishadi. Bu nayranglarga fuqarolarning ishonch bildirishlari bilan, amalda qoʻporuv ishlarini boshab yuborishadi.

Biz barcha musulmonlarni siyosiy ongli boʻlishga chaqiramiz. Paygʻambarimiz S.A.V “moʻmin bir teshikdan ikki marotaba chaqilmaydi” dedilar. Agar oʻrtadagi kufrning sunʼiy chegaralarini eʼtiborga olmasak, Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston bir mintaqa hisoblanadi. U yerda boʻlib oʻtgan yoki davom etayotgan repressiv harakatlar va unga nisbatan musulmonlarning munosabatlari hamda shu munosabatlardagi xatolardan kelib chiqqan oqibatlar biz uchun saboq boʻlishi kerak. Hukumatimiz biz musulmonlarga qarshi harakat boshladi. Bular ham Oʻzbeklar singari, “biz faqat radikallarga qarshimiz, hammamiz bir boʻlib ularni bartaraf etsak, barchamizga yaxshi boʻladi” deb aldashyapti. Aslo unday emas. Bular ham Oʻzbek rejimi singari Islom va musulmonlarga, ularni musulmon qilib turgan eʼtiqodlariga, mafkura va qadriyatlariga qarshidir. Ozgina dunyo matohlari vaqtinchalik dunyoda koʻzimizni koʻr qilib qoʻymasin. Musulmonlarga qarshi kufr yoki fosiqlarga guvohlik berib Allohga osiy boʻlishdan saqlanaylik, birodarlar. Oz qoldi insha Alloh, Allohning nusrati yaqindir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.