Atambayev “terrorchi”larni fuqarolikdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev terrorizm va ekstremizm jinoyatini sodir etgan shaxslar fuqarolikdan mahrum etilishi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Bu haqda payshanba kuni prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirgʻiziston respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev “Terrorrizm va ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi Qirgʻiziston respublikasining bir qator qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi. Qonunda terroristik va ekstremistik faoliyat bilan shugʻullangani uchun jazoga hukm etilgan shaxslarning fuqaroligini yoʻqotishi koʻzda tutilgan”, – deyiladi xabarda.
Qonun rasmiy chop etilgandan 10 kun oʻtib kuchga kiradi.
Turkiston:
Almazbek Atambayev avval minglagan begunoh musulmonlarni turmadan ozod qilishi kerak. Chunki Qirgʻizistonning 90% dan oshiqroq musulmon fuqorolari Atambayevni saylovda saylash bilan boʻlmasa ham, sukut qilib berish bilan oʻz salohiyatlarini unga oʻtkazib berishgan.
Minglagan musulmonlar noqonuniy sud hukmi bilan qamoqqa tashlandi. Ular noqonuniy mamlakat ekspertlarining chiqargan xulosalariga asoslanib qamab yuborildi. Hatto internet varaqlarida ham eʼtirof etilmagan qandaydir №71 raqamli 2012 yil 12 martdagi prizidentning qarorini hujjat sifatida tan olib, oliy sud tomonidan bu harakatlar qonuniy deb oqlab yuborilgan.
Lekin konstitutsiyaga zid kelgan har qanday konun qabul qilinmasligi haqida ham oʻzlari qonun qabul qilishgan. Vaholangki prizidentning ekspertlar haqidagi bu qarori, konstitutsiyaning bir qator moddalariga mutloq zid keladi. Prizident xalqdan va xossatan musulmonlardan kechirim soʻrab, minglagan musulmonlarga keltirgan aziyatlar uchun moddiy va maʼnaviy tovon toʻlashi kerak. Biz Musunmonlar bu haq huquqlarimizni talab qilishga qattiqroq kirishmasak, ertadan hammamizni birin ketin quvgʻin qila boshlashadi. Ular avval oʻzlarining xatolari uchun javob berishsin!
Hazrat Umar (ra) aytganlaridek, “musulmon odam birovning haqqiga ham tajovuz qilmaydi, oʻzining haqqini ham birovga berib qoʻymaydi”. Shuning uchun birodarlar, hokimiyatning ham haqqini ado etaylik. Uning oʻz haqlarimizga tajovuz qilishiga ham yoʻl bermaylik. Chunki Paygʻambarimiz (sav)ga kofirlar zulm qilishganlarida, Abu Bakr (ra), “faqat robbim Alloh degani uchun unga zulm qilasizlarmi?” degan edilar. Bular terrorizm va ekstremizm degan atamani faqat robbim Alloh degan musulmonlar uchungina oʻylab topishdi. Endi bu toifa musulmonlarni jamiyatdan chetlatib yuborishmoqchi.
Siyosiy manfaatlar eʼtibori bilan qaraganimizda, prizident va uning maslahatchilari (ilmiyanov) Chubak hoji singari musulmonlardan va ularning ortidagi haqiqiy va fidoiy tarafdorlaridan xavfsirashyapti. Prizident Choʻlpon otadagi matbuot anjumanida Chubak hoji haqida gapirayotib, u odamning vaznidan xavfsirayotganini va uni jamiyatdan chetlatish maqsadi bor ekanini bildirib qoʻydi. Yuqoridagi qonun loihasi aynan shu kabi ulamolar yoki boshqa taʼsirli islomiy shaxsiyalar uchun oʻylab topilgan.
Aslida bu kabi qonunlar jamiyatda deyarli biror kuchli oʻzgarish paydo qila olmaydi. Qirgʻiziston Saudiya emas! Uning fuqoroligiga yoki pasportiga ega boʻlgan shaxslar butun dunyo boʻylab jinoiy harakatlar qilib yuribdi. Demak, ularning bu qonunlari faqat baʼzi bir shaxs yoki jamoa vakillari uchun saylovda ishtirok etish huquqini yoʻqqa chiqarishi mumkin. Bularning harakatlari prizidentlik saylovi va kuzda oʻtishi kutilayotgan referendumdagi manfaatlaridan kelib chiqqan.
Ilmiyanov Putinning yoʻlini tutib, hokimiyatga kelmoqchi. (1999 yillarda bosh vazir boʻlgan Putin davrini koʻz oldingizga keltiring). Bir necha yuzlagan odamlar va bolalarning oʻlimi bilan kechgan oʻnlagan qoʻporuv amaliyotlari, minlagan tinch fuqorolarining oʻlimiga sabab boʻlgan Checheniston urushi va hokazo…
Referendum shu tomon tashlangan qadamlarning eng kattasi boʻladi. Ilmiyanovchilarga diktatorlik rejimi yetishmayapti. Undan boshqa hamma narsa tayyor, u boʻlsa portlatish ishlari boshlab yuboriladi. Ularga xalqning ishonchi va avtoritar rejim yetishmay turipti. Prizident ularning, yaʼni mafiyalashib borayotgan guruhning qoʻliga tushib qoldi, desak ham boʻlaveradi. Chunki bu rejim vakillari muddatidan ilgariroq ketishni ixtiyor qilib turgan prizidentni mahkam ushlab turishibdi. Chunki prizident ketsa, bu kabi shafyordan chiqqan siyosatchilar oʻz quvvatlari bilan hokimiyatni ushlab qola olmaydilar.
Ular xuddi Rossiyadagi Sechin brigadasi singari mafiyaviy uyushmani shakllantirib borishyapti. Shu mafiyani hokimiyatga olib kelib berib ketish ishini Atambayevga shart qilib qoʻyishdi. Hozirgi vaziyatda buning iloji yoʻq. Buning uchun albatta repressiyaviy diktatorlik rejimi hokimiyatni egallashi shart. Putin ham mafiyachi Sechinni hukumatga sekin asta olib kelgan edi.
Musulmonlar esa, har galgidek sunʼiy vahimaga aylantirilib, kufrga yon bosuvchi siyosatchilar oʻrtalarida bir birini uradigan qurol boʻlib qolyapti. Birodarlar bu qonun ortidan iflos ishlar kutilyapti. Biz kufrning nayranglariga ilashib, ulardan birining tomonida turib, ikkinchisiga qarshi unga yordam berishimiz sharʼan haromdir. Bu kabi amallarimiz kufrning qoʻlida qurol boʻlib, ishlab berish sanaladi va oqibatda Islom va musulmonlarga yomonliklar olib keladi. Biz ularga, “biz sizlar olib borayotgan iflos siyosiy harakatlardan pokmiz va sizlarning tarafdoringiz boʻlishdan Ollohdan qoʻrqib, taqvo qilamiz. Chunki Islom dini mukammal boʻlib, uning oʻzining sunnatga muvofiq siyosati mavjud” deb oʻz pozitsiyamizni bildirib qoʻyishimiz kerak.
Qirgʻiz siyosatchilari pozitsiya, appozitsiya boʻlib olishib, har biri oʻz maqsadlari yoʻlida oʻzlaricha musulmonlarni boʻlishib olishni ixtiyor qilishyapti. Ularni qoʻllarida bir birimizga qarshi qurol boʻlib qolmaylik. Oʻrtalarimizda birdamlikni islomiy mafkuraviy robita asosida kuchaytiraylik. Xoinlarimizni ortga tortib, qaytmaganlaridan yuz oʻgiraylik. Oʻz haq huquqlarimizni birga himoya qilib, birorta birodarimizni ularning tahqirlashlariga tashlab qoʻymaylik.
Assalamu alaykum.