Goʻzallik ustida savdolashish

885
0

بسم الله الرحمن الرحيم

MODA ORTIDAN QUVISh DEMOKRATIYaNING BALOSIDIR (4)

Goʻzallik ustida savdolashish

Shunday qilib, haqiqiy ahvol ushbu tarzda koʻzga yaqqol tashlanadi. Gʻarbda goʻzallik ayolga hurmat olib kelmaydi, hatto uning obroʻsini ham koʻtarmaydi yoki uning hayotini qadr-qiymatli qilmaydi. Haqiqatan, gʻarbdagi ayolga fikr va zakovati asososida baho berilmaydi, balki u tashqi koʻrinishi bilan baholanadigan bir tovarga aylanib qoldi. Kofirlar haqida Alloh Taolo shunday deb juda haq soʻzni aytdi:

وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَعْمَالُهُمْ كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ الظَّمْآنُ مَاء حَتَّى إِذَا جَاءهُ لَمْ يَجِدْهُ شَيْئًا وَوَجَدَ اللَّهَ عِندَهُ فَوَفَّاهُ حِسَابَهُ وَاللَّهُ سَرِيعُ الْحِسَاب

– „Kofir boʻlgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga oʻxshaydi. Tashna odam uni suv deb oʻylab, toki qachon uning oldiga kelgach, hech narsa emasligini koʻrur va Allohni uning (yaʼni, qilgan amalining) oldida topur. Bas, U zot uning hisob-kitobini komil qilur. Alloh juda tez hisob-kitob qilguvchidir“. [24:39]

Rasululloh (s.a.v) ham ular haqida shunday deb juda toʻgʻri aytganlar: “Dinorga qul boʻlgan, dirhamga qul boʻlgan, hamisha (bezakli kiyim)ga qul boʻlgan kimsa badbaxtdir, agar unga (nimadir) berilsa rozi boʻladi, berilmasa gʻazablanadi. Bunday kimsa badbaxt boʻldi va yuz tuban quladi”. (Bu hadisni Buxoriy rivoyat qilgan).

Voqelik va uni tasdiqlaydigan tadqiqotlar va statistik maʼlumotlar shundan iborat ekan, u holda “Nima uchun gʻarb ayoli oʻzining bu nuqtai nazariga mahkam yopishib olmoqda? Nima uchun ayollar oʻzlarining har kuni aldanayotganlarini mulohaza qilmayaptilar? Nima uchun endi gʻarb ayoli olamdagi barcha ayollar uchun taqlid qilinadigan namuna sifatida taqdim qilinishi kerak?” – degan savollar tugʻiladi.

Bularga jirkanch kapitalistik shirkatlar aybdordir. Chunki pul, foizlar, chiroy va kosmetika savdosi, plastik xirurgiya savdosi kabilarning tizgini milliardlab dollar sarmoyaga ega boʻlgan shirkatlar qoʻlidadir. Bu shirkatlarning asosiy sarmoyalari saqlanib qolishi uchun goʻzal boʻlish yoʻllarini izlash jarayoni davom etishi kerak. Naomi Vulf oʻzining “Goʻzallik haqidagi safsata” nomli kitobida shunday deydi: “Gʻarb ayolining suratini olamning turli joylaridagi ayollarga namuna sifatida taqdim qilish baʼzi ochkoʻz shirkatlar direktorlari va kompaniyalar egalarining karnay boʻlgan ishtahalarini qondirish uchun uzluksiz olib boriladi”.

Birlashgan qirollik (Britaniya)dagi kosmetika sanoati daromad nuqtai nazaridan har yili 809 million funt sterling foyda keltiradi. Moda liboslari sanoatining butun olam miqyosida oladigan daromadi esa 105 milliard dollardir.

“Taym” jurnalining 1988 yilda bergan maʼlumotiga qaraganda, Qoʻshma shtatlarda parhez vositalar sanoati har yili 74 million dollar daromad koʻradi. Plastik operatsiya qiluvchi bitta jarroh yiliga bir million dollar ishlab olishi mumkin. Shuning uchun Hindiston xalqaro goʻzallik konkursida ikki yil ketma-ket gʻolib chiqqan paytda, bir necha ayollar tashkiloti bunga hind goʻzalining kishini rom qiluvchi jamoli emas, balki olamdagi mashhur kosmetika shirkatlarining Hindiston bozoriga kirib borishdagi ochkoʻz istaklari sabab boʻlganligini koʻrsatib oʻtdilar. Bunga qoʻshimcha tarzda televideniye va jurnallar goʻzal ayol suratini taqdim qilish uchun beriladigan reklamalardan yuz millionlab foyda oladilar. Bunda koʻproq goʻzal ayolning gʻarb shirkatlari mahsulotlaridan foydalanishi yoki shu shirkatlar liboslarini kiyishi reklama qilinadi.

Bunday bayon qilishdan keyin ham ayol kishi gʻarblik ayolni har tomondan oʻrab olgan yolgʻonlar va aldov koʻrinishlariga hadeb aldanaverishi kerakmi? Yoki toʻgʻri shaxsiyat va hayot tarzida hamda ega boʻlish lozim boʻlgan koʻrinish haqida toʻliq fikr yuritish lozimmi? (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.