Mahmud Qor: Davlat toʻntarishiga urinish ortidan nimalarga guvoh boʻldik?

780
0

Mahmud Qor: Davlat toʻntarishiga urinish ortidan nimalarga guvoh boʻldik?

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot boʻlimining rahbari Mahmud Qor oʻzining Feysbukdagi sahifasi orqali “(Turkiyada boʻlib oʻtgan) davlat toʻntarish tashabbusi bizga nimalarni koʻrsatdi?” nomli bayonotini nashr qildi. Mazkur bayonot 15 moddadan iborat boʻlib, Turkiyadagi davlat toʻntarishiga boʻlgan urinishning nozik jihatlarini yoritib beradi:

  1. Gardaniga xalqning xavfsizligi yuklangan Turkiya qurolli kuchlarining ichida oʻz xalqiga qurol koʻtaradigan va ularni vaxshiylarcha qirgʻin qiladigan qanchadan-qancha qotillar borligini koʻrdik.
  2. Oʻz boyliklarimiz evaziga sotib olingan harbiy samolyotlarimiz terrorning homiysi boʻlgan Isroil, Rossiya, AQSh va Gʻarb davlatlarini emas, balki oʻzimizning politsiya va xalqimizni bombalayotganini koʻrdik.
  3. Turkiyada davlat toʻntarishga urinish boshlanishi bilanoq, Turkiyaning doimiy ittifoqchisi boʻlgan AQSh oʻz manfaatlari uchun fuqaroviy hukumat va demokratiyadan voz kechib, oʻz hamkori Turkiyani sotishi mumkinligini koʻrdik.
  4. Turkiya demokratiya ishqida bir necha yillardan buyon aʼzo boʻlishga oshiqib kelayotgan Yevropa Ittifoqi davlat toʻntarishga boʻlgan urinishni zimdan kuzatib, vaziyatga qarab pozitsiya egallashini koʻrdik.
  5. Mustamlakachi davlatlar tarafidan ochiq tarzda qoʻllab-quvvatlanmas ekan, Turkiyadagi malaylarning oʻzlari davlat toʻntarishini amalga oshira olmasligini koʻrdik.
  6. Adolat va taraqqiyot partiyasi va Erdogʻan bilan bir necha yillab hamkorlikda ish yuritgan va Amerika tomonidan qoʻllab quvvatlangan “Parallelchilar”dan inglizlarga malay xuntachilar ham foydalanganini koʻrdik.
  7. Bir qancha yillar mobaynida Musulmonlarga terrorist tamgʻasini bosib, ularni sud qilib kelgan va Adolat va Taraqqiyot partiyasi tomonidan ardoqlangan “Parallelchi” huquqshunoslarning oʻzlari bugun terrorizm moddasi boʻyicha tergov qilinayotganini koʻrdik.
  8. Turkiya davlati xuntachilarning orqasida turgan Angliyani va davlat toʻntarishini oʻzoqdan kuzatib turgan AQShni doʻst tutishda davom etar ekan, aslo buyuk davlat boʻla olmasligini koʻrdik.
  9. AQSh va gʻarb davlatlari oshkoro yordam bergan yoki bermaganligidan qatʼiy nazar, davlat toʻntarishiga urinish orkali Turkiyani va Turkiya qurolli kuchlarini zayiflashtirganini va obroʻsiga putur yetkazganligini koʻrdik.
  10. Bu hodisa jarayonida inglizlarning ham, amerikaliklarning ham qoni emas, aksincha musulmonlarning qoni toʻkilganligini koʻrdik.
  11. Halqning kuchiga ishonmay, demokratik davlatlar va rejimlardan yordam kutgan kimsalarga, xalq tanklarga qarshi koʻksini qalqon qilish bilan qanday javob berganligini koʻrdik.
  12. Maydonlarda “Allohu Akbar, Allohu Akbar” deya davlat toʻntarishiga qarshi turgan musulmonlarning otaturkchilar va ilmoniylarga nisbatan nafrat-gʻazabini koʻrdik.
  13. Davlat toʻntarishiga toʻsqinlik qilgan xalqning muvaffaqiyatini “demokratiyaning gʻalabasi” deb koʻrsatishga uringan kimsalarning gʻarazli niyatlarini koʻrdik.
  14. Islomiy tuygʻu va hissiyotga ega boʻlgan bu xalq Allohning hukmlari bilan boshqarib, adolat va ezgulik bilan hukm yuritadigan Roshid Xalifalikni qanday himoya qila olishlarini koʻrdik.
  15. Va nihoyat, yaqin kunlarda musulmonlarning Xalifalik soyasi ostida Rasululloh s.a.v.ning bayrogʻini yuqori koʻtarishayotganligini ham koʻramiz, inshaalloh.

Hizb ut-Tahrir  Turkiya viloyati matbuot boʻlimining raisi Mahmud Qor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.