ShHT safini kengaytirmoqda

462
0

 Hindiston, Pokiston va Eronning ShHTga a‘zo bo‘lish masalalari, tashkilotning 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tajak yubiley sammitida muhokama etiladi. Anjuman ishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi, deb ma‘lum qilgan Rossiya yetakchisi yordamchisi Yuriy Ushakov.

 Uning aytishicha, Hindiston va Pokistonni ShHTning teng huquqli a‘zosi sifatida qabul qilish jarayoni davom etmoqda va u yakuniy bosqichga kirgan.

 “Ular, tashkilotning 2017 yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan sammitida to‘liq qabul qilinishi kutilmoqda”, – dedi Ushakov.

 Eronning ShHTga a‘zo bo‘lishiga to‘xtalgan Ushakov, rasmiy Kreml bu murojaatni rad etish uchun hech qanday asos ko‘rmayotganini ta‘kidlagan.

 “Eronning ShHTga a‘zolik borasida bergan arizasini davlat rahbarlari yopiq eshik ortida muhokama qilishsa kerak”, – deya aniqlik kiritgan Rossiya prezidenti yordamchisi.

Turkiston: 

ShHT tashkiloti xalqaro siyosatda ta‘sirli quvvatga ega bo‘la olmadi. U ham olamda yuzlagan ta‘sirsiz xarqaro tashkilotlar safidan joy oldi.

Har qanday xalqaro tashkilotning muvaqqiyati va mavqe‘i uni tuzgan yetakchi davlatning xarqaro siyosatdagi o‘rni va vazniga bog‘liq bo‘ladi. Yetakchi davlatning xalqaro siyosatdagi darajasi esa, uning mabdaiy va mafkuroviy printsiplaridan kelib chiqqan xalqaro obruyiga bog‘liqdir. ShHT tashkilotining asoschilari va yetakchilari bo‘lmish Xitoy va Rossiyaning har ikkisida ham, yuqoridagi olamiy yetakchilikka asos bo‘la oladigan omillarning birortasi mavjud emas. Shuning uchun bu kabi tashkilotlar faqat rasmiyatchilikka va arzimas ishlar bilan kifoyalanishga mahkum bo‘ladi.

Tarixda NATOga qarshi tuzilgan “Varshava shartnomasi davlatlari” nomi ostida sakkiz davlatdan iborat tashkilot mavjud edi. Ularni sobiq SSSR davlati birlashtirib, kapitalistik lagerga qarshi sotsialistik printsiplarga asoslangan kommunistik mabda (sistema) bilan muayyan mintaqani ulardan himoya qilib turishar edi. SSSR bilan birga kommunistik mabda ham quladi. “Varshava shartnomasi” tashkiloti ham, o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi.

Rossiyaning hozirgi ahvoli o‘ta nochor. Uning, suyanishi mumkun bo‘lgan biror mafkurasi ham yo‘q. Rossiya kapitalistik siyosiy sistema bilan ketayotganini da‘vo qilgani bilan, iqtisodini sotsialistik printsiplardan olgan noaniq bir tuzum asosida olib borayapti. Xuddi mana shu betayin bashqaruv sistemasi Rossiyani iqtisodiy bo‘hron va inqiroz holatiga solib qo‘ydi.

Xitoy esa buning aksi. U kommunistik mabdani o‘z siyosatiga asos qilgani bilan, iqtisodiy sistemasini deyarlik kapitalistik asosga qurib olgan. Bu ham o‘ta xavfli sistema bo‘lib, xuddi bo‘g‘izlangan ho‘kizni eslatadi. Xitoy ham yaqin kelajakda juda kuchli iqtisodiy bo‘hronni boshidan kechiradi.

Bu ikki davlatning siyosatlari xunasa odam misoli, betayinlikni paydo qildi. Endi bu ikki qudratli davlat xalqaro siyosat maydonida o‘z mavqe‘larining bir qismini bo‘lsa ham saqlab qolish uchun jon berib harakat qilishyapti. Ular mag‘lubiyatlarini tan olishdi. Endi o‘z yurtlarini saqlab qolish maqsadida, har xil tashkilotlar paydo qilib, islomiy mafkuraviy, olamiy harakatni to‘xtatib qolish uchun salmoqli hissa qo‘shayotgandek ko‘rinishyapti. Chunki kufr olami mavjud olamiy sistema vositasida birdamlik va hamfikrlik bilan, faqat islomiy mabdaiy harakatga qarshi bir tomonlama harakatlanisha olishadi.

Shuning uchun bu kabi muvoffaqqiyatsiz tashkilotlar faqat “terrorizm, ekstremizm” kabi muammolarni ko‘tarishib olib, o‘zlarini bu muammolarni bartaraf qilish uchun nimalardir qilishayotgandek ko‘rsatishga harakat qilishadi. Aslida  bular o‘zlarining xalqaro siyosatda hech qanday ta‘sirga ega emasliklarini yashirishmoqchi bo‘lishyapti. Shuningdek, AQSh olib borayotgan Islom va musulmonlarga, ularning islomiy mabdaiy uyg‘onishiga qarshi urush maydonida o‘zlarini ishtirokchi qilib ko‘rsatishmoqchi bo‘lishadi. Shu maqsadda Rossiya Suriyani AQShning ruxsati bilan, u ko‘rsatib bergan tinch aholi yashovchi mintaqalarni bombardimon qilayapti.

Rossiya bilan Xitoyning mavqeyi va iqtisodiy holatlari, yaqin kelajakda yuksalmaydi. Aksincha tubanlashib boraveradi. Demak ShHT kabi ularga ko‘z tikkan tashkilotlarning barchasi, inqiroz va muvaffaqqiyatsizlikka uchrashi muqarrar. Unga a‘zo bo‘layotgan davlatlar ham buni bilishadi. Lekin rasmiyatchilik va o‘zgarib turuvchi dunyodan yana bir umid ularni bu tashkilotga a‘zo bo‘lishga undaydi. Bu tashkilotga a‘zo bo‘lish bilan, yetakchi davlatni o‘zlariga e‘tiborini tortmoqchi bo‘lishadi.

Qirg‘iziston davlati bu tashkilotlardan biror yaxshilik umid qilishlari kaltafahmlik bo‘ladi. Ya‘ni ularning shartlarini bajarmoqchi bo‘lib, mamlakatda notinchliklar keltirib chiqarish, musulmonlarga qarshi bo‘htonlar tarqatib, ularni tinch holatlaridan qo‘zg‘atish, yolg‘on qo‘poruv amaliyotlari uyushtirishlari uchun ularga sharoitlar yaratib berish va ular uyushtirgan qo‘poruv amaliyotlarida o‘z fuqorolari bo‘lmish musulmonlarni aybdor qilib ularga zulm ishlarini olib borish.. va hokazo. Bu tashkilotlar, Qirg‘izistonni o‘zlari uchun soxta terrorchilar uchun kurashish maydoni qilib olishga harakat qilishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.