Musulmonlarni chalg‘itish maqsadida aytilayotgan ba‘zi bir fikrlar haqida

482
0

Turkiston:

Alloh taolo, uning roziligi yo‘lida harakat qilayotgan va aziyat chekayotgan barcha mo‘‘min musulmon birodarlarimizdan rozi bo‘lsin!  Bizlarga nusrat ne‘matini tezlatsin! Bizlarga xuddi Rosululloh (sav) va u zotning ashoblari singari, Allohning nusratiga loyiq bo‘lgan hayotda yashab o‘tishni va shu yo‘lda maqsadlarimizga yetgan hollarimizda o‘lim sharbatini totishni nasib etsin!

Bir ulamo, “men bir necha o‘n yillardan buyon da‘vatdaman, lekin biron marotaba hukumat va organ xodimlari tomonidan tanbeh olganim yo‘q”, deb yuzlagan musulmonlar jamoasiga maqtanmoqchi bo‘libdi. Bu Ulamo musulmonlarni kufr nizomlari bilan boshqarayotgan hukumatlar bilan hamkorlikka chaqirib, “namoz, roza kabi bir qator shaxsiy ibodatlarimizni ado etishimizga keng yo‘l ochib berayotgan davlat rahbarlariga minnatdorchilik bildirishimiz kerak”, degan so‘zlarni kayta kayta ta‘kidlayveribdi. So‘ng keyingi ulamo ham, undan keyingisi ham shu ma‘noda va‘zlar aytaverishibdi.

Yuqoridagi ulamolar va‘z aytib, ustilaridagi kufr sistemasi bilan ish olib borayotgan davlat rahbariyatlariga hamdu sanolar aytishayotgan bir vaqtda, dunyoning ba‘zi yerlarida musulmonlar qatliomm qilinishayotgan edi! ular maqtashayotgan hukumat va organ xodimlari tomonidan Musulmonlar qamoqqa tashlanib, ayol va qizlarimiz zorlanib, farzandlarimiz o‘ldirilayotgan edi! Quronni oyog‘osti qilib, uni yoqib, Payg‘ambarimiz (sav) masxara qilinayotgan edi!….

Boshqa bir toifa musulmonlar: – biz bu xunrezliklarga rozi bo‘lishdan yiroqmiz, biz Allohdan qo‘rqamiz va faqat unga sajda qilamiz va ito‘at qilamiz deyishdi. Bu kufr mafkurasini yemirib yubora oladigan yagona islomiy mafkura bo‘lib, uning sof holatida ko‘tarilishi kufr olami yetakchilarini vahimaga soldi. Butun olamni qamrab olgan kufr sistemasi tomonidan, barcha mamlakatlar rahbarlariga bu mafkuraga qarshi har qanday choralar bilan kurashish buyurildi. Shu kunlarda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida Islom diniga qarshi kurash shiddat bilan davom etib borayapti.

Minglagan musulmon birodarlarimiz faqat Allohning shariyatiga teskari bo‘lgan kufr ahkomlariga rozi bo‘lmaganlari uchun qamoqqa olinyapti, o‘ldirilyapti, har xil aziyatlar bilan azoblanyapti. Mazlum birodarlarimiz esa, ustilariga tushib borayotgan aziyatlardan xavotirga tushishgani yo‘q. Balki, bu zulmlar ularning iymonu irodalarini yanada kuchaytirdi. Chunki ular, Payg‘ambarimiz (sav)ning sunnatlari asosida ish olib borayotgan har qanday shaxs yoki jamoa vakillari, u kishi (sav)ga va sahobalar (ra)ga kelgan zulm va aziyatlardan chetlab o‘ta olmasliklarini yaxshi biladilar. Shu yo‘ldagi zulmu sitamlarning kuchayib borishi va ular xuddi risoladagi kabi asoslar bilan borayotgani, shu yo‘lda borayotgan har qanday musulmonni o‘z yo‘lining to‘g‘ri ekanligidan yanada xotirjam qiladi.

 Kufrga rozi bo‘lib, ularni islomiy shar‘iy hukmlar bilan himoya qilib berish majburiyatini o‘z gardanlariga olgan musulmonlar esa, hukumatlar tomonidan himoyalanishgan, omonlikda, ularning ta‘biri bilan aytganda “kufr asosida hukm qilayotgan davlat organlaridan tanbeh olishmaydi”. Ular kufr bilan Islomni murosa qildirmoqchi bo‘lishadi. Juda ozchilikni tashkil qiluvchi bu ulamolar qatlami, musulmonlar jamiyatidan ajrab qolishdi. Chunki ularning pozitsiyalari (tutgan o‘rinlari) noshar‘iy yo‘nalish asosida bo‘lib, ochiq kufrni Islom vositasida himoya qilish maqsadida olib borilyapti. Bu harakatning oxirgi intihosi nima bilan yakunlanayotganini O‘zbek ulamolarining bir qismining shu kundagi holatlarida ko‘rib turibmiz. Ular jamiyatdan ajrab qolishdi. O‘z musulmon birodarlaridan qo‘rqib, hatto ko‘chalarda yolg‘iz yura olishmaydi. Avvalida musulmonlarni bir oz chalg‘itishgan bo‘lishsa ham, hozir ularga hech kim ergashmaydi. Bu haqiqiy xorlik emasmi!?

Qirg‘iz ulamolarining holatlari ham, agar tavba qilib ortga qaytishmasa O‘zbeklarnikidan o‘zgacha bo‘lmaydi.

Shu kunlarda radio eshittirishi orqali tarqatilgan ma‘lumotlarning birida, “Iymon” fondining rahbari “Ilgari hukumat masjid imomlariga bosim berib, ishlata olmas edi, endi esa biz ularga pul bilan stependiya tarqatayapmiz. Bundan buyon hukumat va organ xodimlari ularni nazorat qilib, doimiy hisobot olib turishadi” dedi. Organ xodimlari Qirg‘iz imomlariga ochiq bosim berishga o‘tishayapti.

Shu kunlarda, Qirg‘izistonda taniqli ulamo Chuvak hoji Jalilovning bir muxbir qiz bilan o‘tkazgan suhbatining vidiotasviri keng tarqaldi. Muxbirning savoliga javob berayotib, Chuvak hoji, “Qirg‘iziston konstitutsiyasi deyarli 70% Islomga muvofiq keladi” dedi. U konstitutsiyani o‘qib chiqqanini aytib, shu asosida unga muvofiq hayotimizni shakllantirishimizga va unga suyanib o‘z haq huquqlarimizni himoya qilib yashashga da‘vat qildi. Yana u odam partiyaviy parlament saylovlarida keng ishtirok etganini aytib o‘tdi.

Savol tug‘iladi: bir mamlakat jimiyati mobodo 70% Islom, 30% kufr bo‘lsa, bu kanday jamiyat yoki davlat bo‘ladi? Agar bu kufr jamiyati bo‘lsa, uni islomiylashtirish vojib bo‘ladimi? Chunki Payg‘ambarimiz (sav)

أُمِرْتُ أَنْ أُقَاتِلَ النَّاسَ حَتَّى يَشْهَدُوا أَنْ لاَ إِلٰهَ إِلاَّ الله. وَيُؤْمِنُوا بِي وَبِمَا جِئْتُ بِهِ

 “Insonlar Allohdan boshqa ma‘bud yo‘qligiga guvohlik berguniga qadar va menga ham, men olib kelgan narsalarga ham to‘liq iymon kelturmaguniga qadar ular bilan urushishlikka buyurildim” dedilar. (Muslim rivoyati)

Bu degani kofirlarni Islomga majburlash degani emas. Chunki Islomda dinga majburlash harom qilingan. Demak bu hadisdan jamiyatimizda kufr boshqaruv shakli bor ekan, unga qarshi uni yo‘q qilgunimcha kurashaman degan ma‘no kelib chiqadi. Payg‘ambarimiz (sav) Makkada kufr hokimiyati tomonidan murosa qilaylik degan ma‘noda vakil kelganida, unga “o‘ng yelkamga quyoshni, chap yelkamga oyni qo‘yib qo‘ysalaring ham bu taklifga rozi bo‘lmayman. Yo Allohning dini g‘olib bo‘ladi yoki men shu yo‘lda halok bo‘laman” deb javob bergan emasmidi. 30% kufrga rozi bo‘lish kufrga rozi bo‘lish emasmi?! Ha, bu ulamolarga hukumat tegmayapti. Lekin “biz, kufr diyorida, kufr hukumlari ostida yashayapmiz. Lekin biz bu hayotimizdan rozi emasmiz balki majburligimizdan ularga itoat qilayapmiz” deb, haqiqiy musulmonning pozitsiyasini bayon qilgan Roshod qori Kamolov turmada o‘tiripti.

Biz ulamolarimizni yana bir bor haqqa chaqirib, avval haq bilan botilni aniq bilib olishga, keyin shu nuqtadan turib, o‘zlari va o‘zlariga ergashgan omi musulmonlarga to‘g‘ri yo‘nalishlar belgilab berishga chaqiramiz. Agar bu ishga jur‘at qila olishmasa, faqat Islom ilmlarini xalqqa keng tarqatib turish bilan kifoyalanib, kufr siyosatini kuchayishiga hissa qo‘shib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz. Shuningdek barcha musulmonlarni Allohdan qo‘rqishga va taqvo qilishga chaqiramiz. Assalamu alaykum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.