Rossiyada Musulmonlarga bosim kuchaymoqda

548
0

Rossiya Qrimni annektsiya qilishi ortidan musulmonlarga nisbatan bosim va ta‘qiblar davomli ortib borayotgani kuzatilmoqda. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari Qrimda Hizb ut-Tahrir uyushmasiga a‘zolikda gumon qilib bir qancha fuqarolarning uyida tintuv o‘tkazdi. Tintuv davomida ko‘p odamlar hibsga olindi. Hibsga olingan kishilarning ba‘zilari shu kunning o‘zida ozod etilgan bo‘lsa, ba‘zilari qamoqda ushlab qolindi. Hozirda 11 kishi Hizb ut-Tahrirga aloqadorlikda gumon qilinib  Simferopol qamoqxonasida ushlab turilibdi.

Qrim tatarlari Milliy Majlis raisi Refat Chubarovga ko‘ra, Qrim musulmonlariga qarshi uyushtirilgan bunday amaliyotlar faqat Qrim tatarlarini qo‘rqitish uchungina amalga oshirilmoqda. Ruslar tarafidan qo‘yilgan Qrim prokrori Natalya Poklonskaya Rossiya Jinoyat kodeksining 205.5 moddasi 2-bandiga muvofiq uch kishi ustidan da‘vo ochilganligini bildirib, qo‘lga olingan kishilardan biri Hib-ut-Tahrir tashkilotining mahalliy boshqaruvchisi ekanligini da‘vo qildi.

Ayni paytda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) va Rossiya Ichki ishlar vazirligi tarafidan Moskvada uyushtirilgan amaliyotda Hizb ut-Tahrir a‘zolaridan biri qamoqqa olingani aytilmoqda. Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk qo‘lga olingan shaxs Hizb ut-Tahrirning faol ishtirokchisi ekanligini bildirdi. Rossiya Federal xavfsizlik kuchlari ayollar va yosh bolalarni ham ayamayapti. 2016 yil 24 aprelda Tataristonda iffatli muslimalar qamoqqa olinib, ularning qo‘llaridan farzandlari tortib olingan edi. So‘nggi oylarda Rossiya xavfsizlik kuchlari Tataristonning Olmatinsk shahrida to‘qqiz muslima ayolning uyida tintuv o‘tkazib, ulardan uch nafarini Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblab qamoqqa oldi.

Rossiyada siyosiy mahbuslarning ko‘pchiligi Hizb ut-Tahrir a‘zosidir. Memorial inson huquqlari markazi tomonidan chiqarilgan bayonotga ko‘ra, Boshqirdiston qamoqxonasida Hizb ut-Tahrirga a‘zolikda ayblanib qamoqqa olingan 23 nafar musulmon mahbus mavjud.

“Bu mahbuslar e‘tiqodlari uchun qamoqqa olinganlar. Ularning harakatlarida jinoyatga aloqador hech narsa yo‘q. Rasmiylar faqatgina siyosiy sabablarga ko‘ra ularga zulm qilmoqda”, deyiladi Memorial inson huquqlari markazi tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Rossiyada Musulmonlar Islomni yoyganligi va diniy saboq berganligi uchun ham terrorizmda ayblanmoqda.

Turkiston: 

Islom dini kufr jamiyatiga kirib kelayotgan paytda Payg‘ambarimiz (sav), u kishining sahobalari va o‘nlagan balki yuzlagan musulmonlar faqat e‘tiqodlari uchungina jazolanishar edi. Ularning birortasi biror moddiy amali uchun aziyat chekkan emas. Yosir xonadonidagi Ammor, Yosir va Sumayya (r a)lar yoki hazrati Bilol (r a), bularning va boshqa musulmonlarning ichidan birortasi tomonidan biror moddiy jinoyat sodir etilgan emas. Ular faqat “Allohu ahad”deganlari uchun azoblanishgan.

Bu Allohning yuqori darajalariga erishish uchun, o‘z Payg‘ambari orqali yuborgan to‘g‘ri tariqat asosida harakatlanib borayotgan sahobalarning yo‘li. Bu yo‘l o‘zgarmas tariqat bo‘lib, undan yurmoqchi bo‘lgan yoki yurib borayotgan musulmonlar, o‘sha yo‘lboshchimiz va u kishiga o‘sha paytta ergashgan musulmonlarning boshlariga tushgan har bir aziyatga ham tayyor bo‘lishi kerak. Chunki bu Allohning bizlar uchun yuborgan, jannatga olib boruvchi yagona yo‘li bo‘lib, Islomni oliy qilish uchun Payg‘ambarimiz (s a) bosib o‘tgan yagona sunnatlari asosida vorid bo‘lgan. U Zot o‘zining sevimli Payg‘ambari (s a) uchun ham bu yo‘ldagi tikonli simlarni olib qo‘ygani emas. Bizlar ham albatta o‘sha Payg‘ambarimiz (s a) o‘tgan har bir holatlaridan, aziyat va quvonchli kunlaridan albatta o‘tamiz insha Alloh. Umid qilamizki, oxiratlarimiz ham, u zot (s a) va u zotga ergashgan ashoblari(r a) singari xayrli va obod bo‘ladi.

Mazlum va mazluma birodarlarimizga, Payg‘ambarimiz (s a)ning, “sabr qilinglar, sizlarga va‘da qilingan narsa faqat jannatdir” degan so‘zlarini aytamiz. Kufr qutirib borayapti. Bizlar agar haq yo‘lda ekanmiz, demak biz g‘olibmiz. Shu kunda, ularning zulmlari ostida g‘olibmiz insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.