Amerika-Ko‘rfaz sammiti

463
0

Savolga javob

Amerika-Ko‘rfaz sammiti

Savol: Amerika prezidenti Obama 2016 yil 20 aprelda Saudiyaga keldi. Bu uning 2009 yildan beri Saudiyaga qilgan to‘rtinchi safaridir. U Amerika-Ko‘rfaz sammiti o‘tkazilishidan oldin Saudiya podshohi Salmon oli saud bilan uchrashdi. Bu uning shu sammitdan oldin o‘tkazgan eng birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Sammit u kelgan kunning ertasiga Riyozda o‘tkazildi. Bu ziyorat munosabati bilan axborot vositalarida katta shov-shuv qilindi, u mintaqadagi muammolarni va ularning yechimlarini muhokama qiladi, deb jar solindi! Haqiqatdan ham Suriya, Yaman, Iroq, Liviya, Falastin kabi muammolar yakuniy bayonotdan o‘rin oldi. Ma‘lumki bu yil Obama prezidentligining oxirgi yilidir. Shuning uchun uning bu muammolarni hal etishga bo‘lgan qudrati zaif bo‘ladi. Uni hozirgi holatini cho‘loq o‘rdakka o‘xshatishmoqda! Bu ziyoratdan ko‘zlangan maqsadlarni qanday tushunishimiz mumkin? Alloh sizga yaxshilikni mukofot aylasin.

Javob: Bu ziyoratdan ko‘zlangan maqsadlar mintaqa muammolarini hal qilish bo‘lmadi. Chunki Amerika yechim loyihalarini Obama ziyoratidan oldin ishlab chiqqan. Amerika Suriya uchun yechim loyihalarini ishlab chiqib bo‘lgan, bu yechimni Riyozning muzokara olib boruvchi hay‘atini paydo qilganidan boshlab ta‘kidlab kelmoqda. Yaman uchun ham bu loyihalarni ishlab chiqib bo‘lgan, ularni Amerika “Qat‘iylik bo‘roni”dan beri ta‘kidlab kelmoqda. Bu “bo‘ron” Husiylarni – ular boshqaruvda ishtirok etish borasida raqobatlashishlari uchun – maydonga olib chiqdi. Holbuki ular bundan oldin So‘da va uning atroflarida izolyatsiyada qolishgan edi. Amerika Falastin uchun yahud davlatini tan olish to‘g‘risidagi yechim loyihasini ishlab chiqdi. Iroq va Liviyaga oid yechim loyihalarini ham ishlab chiqdi. Demak Amerikaning loyihalari Obama “cho‘loq o‘rdak”ka aylanishidan oldin ishlab chiqilgan! Shuning uchun bu masalalarning yakuniy bayonotda tilga olinishi bu bayonot satrlarini ko‘paytirish bo‘ldi, xolos!

Bular shu ziyoratdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar bo‘lmadi. Aksincha bu ziyorat chog‘ida yuz bergan narsalarga, berilgan bayonotlarga hamda yakuniy bayonotda e‘lon qilingan narsalarga chuqurroq nazar tashlansa – bunda bayonotdagi bo‘sh joylarni to‘ldirish uchun kelgan preambula (kirish qismi), ortiqcha so‘zlar va maqsad qilinmagan masalalarni e‘tiborsiz tashlab o‘tib shunday nazar tashlansa – bu ziyoratdan maqsadlar Amerika manfaatlarini amalga oshirish, Amerikaning bu mintaqadagi nufuzini mustahkamlash va Amerikaning bu mintaqadagi malaylari ishini tartibga keltirish bo‘lganligi aniq bo‘ladi… Bular Amerika liderlarining – oyoqlari “sog‘”larining ham, “cho‘loq”larining ham – doimo qiladigan ishlaridir. Ular ayniqsa o‘zlariga “cho‘loq” oyoqlari ostidagi yo‘lni “tekislab” beradigan malaylarni topishsa bunday ishlarni doimo amalga oshirishadi! Bu maqsadlarni quyidagi ikki asosiy maqsadda qisqacha umumlashtirish mumkin:

1 –          Amerikaning Ko‘rfaz mintaqasi ustidan hukmron bo‘lishini kafolatlash va boshqaning, ayniqsa Britaniya nufuzining mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Buni yakuniy bayonotning o‘zi aytib turibdi. 2016 yil 22 aprelda Riyoz gazetasi nashr qilgan yakuniy bayonotni chuqur o‘rganib chiqqan kishi bunga amin bo‘ladi. Keling, bu bayonotdagi ba‘zi aloqador narsaga to‘xtatilib, unga sharh berib o‘taylik… Bayonotda quyidagilar kelgan: “… Ko‘rfaz Hamkorlik kengashi davlatlari va AQSh boshliqlari kecha Riyozda o‘z sammitlarini o‘tkazishdi. Unda ikki tomon o‘rtasidagi strategik sheriklikning ahamiyati yana bir bor ta‘kidlandi. Bu sheriklikdan maqsad mintaqada barqarorlikka, tinchlik va gullab-yashnashga erishishdir. Sammitda liderlar 2015 yil may oyida Kemp-Devidda o‘tkazilgan birinchi sammitdan beri erishilgan sezilarli oldinga siljishni ko‘rib chiqishdi…”. Bayonotda quyidagilar qo‘shimcha qilingan: “Hamkorlik kengashi davlatlari Qo‘shma Shtatlarning dengizdagi xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qilishga oid takliflarini hamda ballistik raketalarga qarshi oldindan ogohlantiruvchi takomillashgan mudofaa sistemasini ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan qadamlar borasida tezroq bir kelishuvga erishishga oid takliflarini chuqur o‘rganib chiqish to‘g‘risida ham va‘da berishdi…”. Amerika bu mintaqada raketa qalqonini o‘rnatish uchun bundan bir bahona sifatida foydalanayotgani ko‘rinib turibdi. Bu mudofaa sistemasi Ko‘rfaz pullari bilan ta‘minlanadi. Amerika shu orqali o‘zining mintaqadagi hukmronligini mustahkamlamoqchi va o‘z changalidan bu mintaqaning ozod bo‘lishiga to‘siq qo‘ymoqchi… Bayonotda quyidagilar ham aytilgan: “Qo‘shma Shtatlar siyosati o‘zining Ko‘rfaz mintaqasidagi muhim manfaatlarini ta‘minlash uchun va o‘zining ittifoqchilari va sheriklariga tashqaridan bo‘ladigan har qanday xorijiy agressiyaga qarshi turib, uni tiyib qo‘yish uchun barcha kuchni ishga solishdan iboratdir. Masalan Qo‘shma Shtatlar Ko‘rfaz urushida xuddi shunday ish tutdi. Bu hech shak-shubha bo‘lmagan ishdir”. Bu Ko‘rfaz davlatlarining Amerikaga xorlarcha bo‘yin egishidir. Chunki bu davlatlar bayonot matni bo‘yicha Amerikaga o‘z manfaatlarini ta‘minlashi va o‘z nufuzini yoyishi uchun kuchni ishga solishiga ijozat bermoqda. Vaholanki bunda shu davlatlarning o‘ziga ham – agar ular Amerikaga itoat qilmay qo‘ysa – tahdid bor. Bayonotda bunga misol qilib Ko‘rfaz urushini, ya‘ni Iroqning bosib olinishi keltirilgan! Bayonotda quyidagilar ham aytilgan: “O‘z navbatida Hamkorlik kengashi davlatlari boshliqlari Qo‘shma Shtatlarning harbiy hamkorlik va kuchlarni mashg‘ulotdan o‘tkazish bo‘yicha takliflarini mukammal o‘rganib chiqish majburiyatini olishlarini ham bildirishadi, bu hamkorlikdan maqsad Ko‘rfaz davlatlarining regional xavflarga qarshi kurashishda kattaroq rol o‘ynash qudratini mustahkamlashdir”. Ya‘ni Ko‘rfaz davlatlari Amerika talablariga hech e‘tirozsiz bo‘ysunadi. Buni bayonotda bunday deb ta‘kidlangan: “Davlatlar boshliqlari kengash davlatlari va Qo‘shma Shtatlar mudofaa vazirlarining qo‘shma yig‘ini haqidagi hisobotni tinglashdi. Unda hamkorlik kengashi bilan Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi harbiy mashqlarning ahamiyati ta‘kidlangan. Davlatlar boshliqlari kengash davlatlarining va Qo‘shma Shtatlarning 2017 yil martda birgalikda harbiy mashqlarni o‘tkazishni rejalashtirishni darhol boshlashini e‘lon qilishdi. Bu mashqlarda ikki tomonning birgalikdagi harbiy qudrati namoyish etiladi… Kengash davlatlari elektron fazo xavfsizligi sohasida va Saudiya Arabistoni, Qo‘shma Shtatlar va yigirmalik guruhi davlatlari ishlab chiqqan elektron nazorat standartlarini qabul qilish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilish doirasini kengaytirish g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatladi… Davlatlar boshliqlari barcha mushtarak ishchi guruhlarning yilda eng kamida ikki marta uchrashishi zarurligiga ham chaqirishdi. Bundan maqsad terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha sheriklikni jadallashtirish, muhim mudofaa qudratlarini yetkazib berishni osonlashtirish, ballistik raketalarga qarshi mudofaa, harbiy tayyorgarlik va elektron xavfsizlikdir”. Bularning barchasidan bu bayonot Amerikaning Ko‘rfazdagi hukmronligini qanchalik ta‘minlagani aniq ko‘rinib turibdi. Bayonotda shu bilangina kifoyalanilmay balki uni amalga oshirishni kafolatlashga chaqirish bilan yakunlangan! “Ana shu ishlarni davom ettirishni, 2015 yil 14 maydagi Kemp-Devid qo‘shma bayonotidan, uning ilovasidan va mana bu bayonotdan o‘rin olgan qarorlarni tez bajarishni kafolatlash uchun ikkala tomondagi tegishli idoralar boshliqlari ikki tomon o‘rtasidagi sheriklik doirasini, jumladan Ko‘rfaz-Amerika strategik hamkorlik klubini mustahkamlashga chaqirishdi. (Riyoz 2016 yil 22 aprel)”. Shuning uchun Obama sammitdan keyin o‘tkazgan matbuot konferentsiyasida o‘zining g‘alabasini e‘lon qilib quyidagilarni aytdi: “Bu sammit Qo‘shma Shtatlar siyosatini ma‘qullashini yana bir bor ta‘kidladi, bu siyosat Ko‘rfaz mintaqasidagi asosiy manfaatlarimizni ta‘minlash uchun, ittifoqchilarimiz va sheriklarimizga bo‘ladigan har qanday tashqi agressiyaga qarshi turib uni tiyib qo‘yish uchun kuchlarimizni ishga solishni taqozo qiladi”. (Reyter 2016 yil 21 aprel).

2 –          Saudiya rolini Eron roli bilan muvozanatga solish. Shu maqsadda Eron Ko‘rfaz sharqida bo‘lsa, Saudiya uning g‘arbida bo‘ladi. Shundan keyin ikkalasi mintaqaning boshqa davlatlari bo‘yicha rollarni o‘zaro taqsimlab oladi. Buni bir sport musobaqasiga o‘xshatish mumkin. Bunda Britaniyaning Ko‘rfazdagi an‘anaviy nufuziga yoki uning malaylariga e‘tibor qilinmaydi. Balki bu Saudiya podshohi Salmonga Ko‘rfazdagi ingliz malaylarining, ayniqsa Qatarning Amerika rejalariga qarshi qo‘yadigan to‘siqlarini bartaraf qilish vazifasini topshirish va bu ishda Salmonga alohida ahamiyat berish bilan hal qilinadi… Bu Obama Salmon bilan sammitdan oldin uchrashgan paytda aniq bo‘lgan edi. Bu esa Amerika bilan Salmon Saudiyasi o‘rtasida o‘ziga xos alohida aloqa borligini va Salmonning Amerika rejalarida alohida roli borligini ko‘rsatib turibdi. Aks holda Amerika prezidenti sammitdan oldin alohida uchrashuv o‘tkazib o‘tirmasdan boshqalarga o‘xshab sammitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etgan bo‘lardi. Shuning uchun ham Oq uy vakili Ben Rods quyidagilarni bildirdi: “Podshoh Salmon bilan 2016 yil 21 aprel chorshanba kuni ikki soat davom etgan uchrashuv ikki rahbar o‘rtasidagi eng uzun uchrashuv bo‘ldi…”. (Reyter 2016 yil 21 aprel). Bu alohida rolga podshoh Salmonning Obamani shaxsan o‘zi kutib olmaganligi ta‘sir qilmaydi. Chunki bu kongressga, xususan respublikachilarga yo‘llangan bir notadir. Chunki respublikachilar saylovoldi maqsadlarida al-Qoida sababli halok bo‘lgan amerikaliklardan Saudiya javobgar degan masalani qo‘zg‘ashgan edi. Ular al-Qoida saudiyalik fuqarolar pullari bilan paydo bo‘lgan, deb aytishmoqda va konpensatsiyalar to‘lanishini talab qilishmoqda. Shu maqsadda respublikachilar kongressga bir qaror loyihasini taklif qilishdi. Bu saylovoldi “auktsioni”da ularga ba‘zi demokrat namoyandalar ham sherik bo‘lishdi… Amerika idorasi bu loyihani o‘tkazmaslik uchun bosim o‘tkazdi. Lekin kongressning, ayniqsa respublikachilarning urinishlarini barbod qilish uchun Saudiyaning “g‘azablanishi” ham zarur bo‘ldi. Respublikachilar bu ish orqali o‘zlarini halok bo‘lganlarning oilalari haqida qayg‘urayotgan qilib ko‘rsatib, saylovchilarni o‘zlari tomonga og‘dirmoqchi bo‘lishgan edi. Shuning uchun Saudiya bundan g‘azablanganini ko‘rsatish uchun harakatga keldi. Bu kongressga javobgar qilish va kompensatsiyalar loyihasidan tiyilish to‘g‘risida yo‘llangan bir nota sifatida bo‘ldi. Saudlar bu bilangina kifoyalanishmadi, balki Amerika banklaridan milliardlab Saudiya pullarini olib chiqib ketish bilan ham tahdid qilishdi. Chunki milliardlab pullarni olib chiqib ketish kapitalistlarga kuchli ta‘sir qiladi… Xaffington Post arabiy sayti quyidagini tarqatdi: “Prezident huzuridagi mas‘ullarga va kongressdagi ikkala partiyadan saylangan yordamchilarga ko‘ra Obama idorasi bu qonun loyihasining o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kongressga bosim o‘tkazdi. “Nьyu-York Tayms” nashr qilgan bir hisobotga ko‘ra bu mas‘ullar senat a‘zolarini bu qonun tasdiqlanadigan bo‘lsa uning diplomatik va iqtisodiy oqibatlaridan ogohlantirishgan. Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil Jubayr o‘tgan oyda Vashingtonga qilgan safari chog‘ida ba‘zi namoyandalarga Saudiya Amerika xazinasidagi Saudiya ega bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlardan 750 milliard dollar qiymatidagi qog‘ozlarni va Qo‘shma Shtatlardagi boshqa aktivlarni sotishga majbur bo‘lishi mumkinligini aytgan edi…”. (Xaffington Post arabiy 2016 yil 18 aprel).

Shuning uchun demak Saudiyaning yuzaki g‘azabi va milliardlab mablag‘larni olib chiqib ketish to‘g‘risidagi tahdid Obamaga emas, kongressga yo‘llangan notadir. Bu yuzaki g‘azablanishni podshohning Obamani shaxsan kutib olmaganligida ko‘rsatish hamda Jubayrning milliardlab mablag‘larni olib chiqib ketish haqida aytgan gaplari respublikachilar maqsadini barbod qilish uchun Obama bilan qaysidir darajada kelishib olingan bo‘lishi ham ehtimoldan uzoq emas. Chunki milliardlab mablag‘larni olib chiqib ketish haqidagi tahdid bir kuchli omil bo‘lib, u respublikachilarning o‘z loyihalari bo‘yicha yelib-yugurishlarini susaytiradi. Agar bu g‘azab haqiqiy bo‘lganida edi Obama sammitdan oldin podshoh bilan alohida uchrashib o‘tirmagan bo‘lardi, balki boshqalar kabi sammitga hozir bo‘lgan bo‘lardi. Qolaversa Amerika quchog‘ida o‘sib-ulg‘aygan Jubayr qanday qilib Amerika xazinasidan milliardlab mablag‘larni olib chiqib ketish to‘g‘risida tahdid qilishi mumkin?! Obama idorasi shubhasiz buni yaxshi tushunib turibdi. Shuning uchun Si-En-En Arabiy 2016 yil 20 aprelda quyidagi xabarni tarqatdi: “Ayni vaqtda bir amerikalik mas‘ul “podshoh Salmonning prezident yetib kelishi bilan kutib olmaganligiga bir hurmatsizlik sifatida qaralmadi” deb bildirdi”. Si-En-En Arabiy Amerika prezidenti chet davlatlar boshliqlarini – ular Qo‘shma Shtatlarga yetib kelishlari bilan – aeroportda kamdan-kam kutib olganini ko‘rsatib o‘tdi. O‘z navbatida Brukings tadqiqotlar instituti eksperti va Amerika markaziy razvedka  agentligi sobiq mas‘uli Bryus Ridelь “barcha kelishmovchiliklarga qaramay Saudiya va Amerika bir-biridan ajralmaydi…” dedi. Shuning uchun demak Amerika bilan podshoh Salmon o‘rtasidagi aloqa kuchlidir…

Endi Saudiya bilan Eron o‘rtasidagi aloqaga to‘xtaladigan bo‘lsak, Amerika bu ishkallikni hal qilishni va ikki taraf o‘rtasidagi aloqani tiklashni istaydi. Chunki Amerika Eronning Amerika manfaatiga xizmat qiladigan rolini mintaqaga qabul qildirishni juda istaydi. Obama oldinroq Amerikaning Atlantik jurnali bilan 2016 yil 10 martda bo‘lgan muloqotida Saudiya va Eronga mintaqada o‘zaro tinch-totuv yashashni tavsiya qilgan edi: “Amerika prezidenti Barak Obama “Saudiya va Eron o‘zaro tinch-totuv yashash printsipini o‘rganishi va qaysidir darajada tinchlikka erishish yo‘lini topishi lozim…” dedi”. Obama o‘sha jurnal bilan bo‘lgan muloqotda bunday deb qo‘shimcha qildi: “Saudiyaliklar bilan eronliklar o‘rtasidagi mandatli urushlarning, Suriya, Iroq, Yamandagi tartibsizlikning avj olishiga yordam bergan o‘zaro raqobat bizdan saudiyalik do‘stlarimizga ham, eronliklarga ham ular o‘zaro tinch-totuv yashashning bir ta‘sirli yo‘liga erishishlari kerakligini aytishimizni talab qilmoqda”. (Olingan manba: Bi-Bi-Si, Reyter 2016 yil 10 mart). Go‘yo Obama bu ikki mamlakatdan mas‘uldek bu ikkisining ishlarini tartibga solyapti va ikkalasiga mintaqada qanday ish tutishlarini maslahat beryapti! Obamaning bu buyrug‘i bajarilganligi ko‘rinib turibdi. Chunki sammitning yakuniy bayonotida quyidagilar keldi: “Qo‘shma Shtatlar va Hamkorlik kengashi davlatlari Eron bilan o‘zaro hamkorlikka oid keng qamrovli rejani qo‘llab-quvvatlashlarini ta‘kidlashdi, ular bu rejani hozirgacha bajarib kelinganligi Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishga intilishiga to‘siq bo‘lganini ko‘rsatib o‘tishdi. Bu esa mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlaydi… Hamkorlik kengashi davlatlari Eron bilan o‘zaro ishonchni tiklashga va uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan kelishmovchiliklarni hal qilishga o‘zlarining tayyor ekanliklarini ta‘kidlashdi, faqat buning uchun Eronning xalqaro qonunga muvofiq yaxshi qo‘shnichilik, ichki ishlarga aralashmaslik va yerlar yaxlitligini hurmat qilish printsiplariga qattiq amal qilishi shartligini ko‘rsatib o‘tishdi…”.  (Riyoz 2016 yil 22 aprel).

So‘zimiz yakunida shuni aytamizki, Amerikaning quruqligimizga, dengizimizga, kuch-quvvat manbalarimizga, boyliklarimizga hukmron bo‘lish uchun okean ortidan chang solayotgani haqiqatda juda alamlidir. Lekin Amerika o‘zining oldida faqat o‘z toju taxtlarini, boyliklarini saqlab qolish uchun, oilalarining hukmronligi davom etaverishi uchun yelib-yugurayotgan ruvaybizalarnigina ko‘ryapti. Bu ruvaybizalar Amerikaga xorlarcha bo‘yin egib, uning talablarini labbay deb bajarishmoqda. Chunki ular Allohdan emas, Amerikadan qo‘rqishadi. Shu sababli Amerika o‘zining musulmonlar yurtlaridagi maqsadlarini shu yugurdaklar orqali o‘tkazish imkonini topmoqda! Lekin bu ahvol Alloh izni bilan aslo davom etavermaydi. Chunki Aziz, Hakim Alloh bizga roshid Xalifalikning qaytishini va‘da qildi va bu haqda bizga Rosululloh  bashorat berdilar. O‘shanda Islom va musulmonlar aziz, mustamlakachi kofirlar esa xor bo‘ladi.

“Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar”       [Shuaro 227]

                20 rajab 1437h

                27 aprel 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.