Zalmay Xalilzod: Amerika Iroqni Eron foydasiga boy bergani yo‘q!!!

607
0

AQShning Iroqdagi sobiq elchisi Zalmay Xalilzodning ta‘kidlashicha, AQSh Iroqni Eron foydasiga boy bergani yo‘q. Bu Vashingtondagi hukmron holatning aksidir. Qo‘shma Shtatlar buni oldini olishi va Iroqqa oid yangi yo‘llanmalarni berishi mumkin.

Zalmay “Wall Street Journal” gazetasida nashr qilingan o‘z maqolasida IShID tashkiloti sodir etayotgan jinoyatlar ko‘pchilik iroqliklarni Qo‘shma Shtatlar bilan yaxshi aloqalarni o‘rnatish zarurligiga ishontira olganini ta‘kidlaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Iroqdagi ko‘pgina shia yetakchilari Erondan hafsalalari pir bo‘lgan va endilikda Amerika bilan aloqalarni mustahkamlashni istaydilar. Chunki  hatto IShID tashkiloti yo‘q qilingandan keyin ham mamlakatda qurolli to‘dalar roli cho‘zilib ketishidan hamda ular atrofga keng tarqab, shia fuqarolik urushidagi qurolga aylanib qolishlaridan xavotir mavjud.

Unga ko‘ra, bu xavotir alomatlari Sadriy harakati rahbari Muqtado as-Sadr bilan Iroq hukumati o‘rtasida bevosita to‘qnashuv chiqib ketishi xatarlarida ko‘rina boshladi. Shuningdek, Muqtado as-Sadr namoyon qilayotgan bu tahdid shia rahbarlarini Amerikadan yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlov izlashga undamoqda.

Zalmay – Eron istibdodi va uning Iroq suverenitetini hurmat qilmasligidan, xususan, Quddus kuchlari qo‘mondoni eronlik general Qosim Sulaymoniyning Bag‘doddagi yashirin xavfsizlik uchrashuviga hech qanday viza yoki chaqiriqsiz kirib kelishi ortidan iroqliklar orasida qattiq norozilik yuzaga kelganini qo‘shimcha qildi. (Al-Jazira net).

Roya gazetasi sharhi:

Eron istibdodiga nisbatan haqiqatdan ham Iroq ahli yoki ularning katta qismida kuchli norozilik mavjud. Zero, Amerika bosqinchiligidan keyin Iroqda hukmronlik qilib kelayotgan eronparast hukmdorlar odamlar boshiga ulkan musibatlarni solishdi. Bu borada Eron qo‘llab-quvvatlab kelgan qurolli to‘dalarning ham katta roli bor… Biroq Zalmay Xalilzod Eronning Iroqdagi salbiy roli haqida go‘yo Amerika bu borada oppoqdek yoki Eron Amerikani majburlab, Iroq ustidan hukmron bo‘lib olgandek gapiryapti… Xalilzod bu gaplari bilan aldayapti. U Iroq bosqinida Amerika rolini oqlamoqchi bo‘lyapti. Vaholanki, Iroqni bosib olib, hukumat va armiya tepasiga Eron odamlarini olib kelgan ham mana shu Amerikadir. Bu esa Eron hukmdorlarining Qo‘shma Shtatlar manfaatini himoya qilib, siyosatini ijro qilishlariga nisbatan amerikaliklarda katta ishonch borligini bildiradi. Ajablanarlisi shuki, AQSh bilan Eron o‘rtasida kelishuv bo‘lgani haqida mazkur gazetaga intervьyu bergan ham mana shu Amerika elchisi Zalmay Xalilzod bo‘ladi. O‘shanda u “2003 yil boshlarida Bush ma‘muriyati bilan Eron o‘rtasida Iroqning mushtarak yo‘nalishini tuzib berish uchun Jenevada yashirin uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv Qo‘shma Shtatlar Saddam Husaynni ag‘darishga tayyorlanayotgan bir paytda bo‘ldi”, degan edi.

Yuqoridagi gaplardan olinadigan ibrat Islom Ummatining haqiqiy dushmani mustamlakachi G‘arb davlatlari ekanini bilib olishdir. Chunki ayrim regional davlatlar zohirda nufuz egalari bo‘lib ko‘rinsa-da, biroq islomiy yurtlardagi haqiqiy nufuz egalari shu mustamlakachi kufr davlatlaridir. Yurtlarimiz siyosatini chizib berayotganlar ham o‘shalardir. Musulmonlar hukmdorlari esa shu G‘arb davlatlari siyosatlarini ijro qilib beradigan, ularning qo‘lidagi qo‘g‘irchoqlardir. Shuning uchun faoliyatimizni yurtlarimizni mustamlakachi kofirlar nufuzidan ozod etishga, shu bilan birga, g‘arbparast malay hukmdorlarni ag‘darishga qaratmog‘imiz darkor. Bugungi hukmdorlarni ag‘darish asosiy masalaga aylantirilmasligi lozim. Chunki bu bilan bir malay o‘rniga boshqa bir malayni olib kelish orqali musulmonlar aldanadi. Tunis, Misr, Liviyada xuddi shu narsa bo‘ldi, Shomda ham shunday qilishmoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.