Muhandis Ismoil Vahvohning Turkiya bosh vaziriga yo’llagan murojaati

519
0

Anqarada o’tkazilgan Xalifalik konferentsiyasida diqqatni jalb qilgan nutqlardan biri, muhandis Ismoil Vahvohning Turkiya bosh vaziri janob Ahmad Dovudo’g’li va uning hukumatdagi hamkasblariga yo’llagan murojaatidagi quyidagi so’zlar bo’ldi:

Janob Ahmad Dovudo’g’li, siz «Strategik chuqurlik (maydon)» nomli kitob yozibsiz. Bundan 250 yil muqaddam Rossiya imperatori Yekatrina II ham o’z uyining ochqichi Suriyadaligini, ya’ni Suriya Rossiyaning strategik maydoni ekanini aytgan edi. Amerikaliklar ham, evropaliklar ham o’z yurtlarining strategik maydoni Suriya ekanini aytib kelishadi. Bugun biz Amerika va G’arbning bu gaplarni tasdiqi sifatida Suriyada nimalar qilayotganini ko’rib turibmiz. Shuningdek, o’sha Yekatrina nabirasi bo’lmish jinoyatkor Putin ham o’zi da’vo qilayotganidek, strategik maydonini «mudofaa» qilish uchun harbiy kemalari bilan Bosfor bo’g’ozida kezib yuribdi, uchoqlari bilan Suriyada ho’lu quruqni baravar yoqmoqda. Ey janob Dovudo’g’li, sizlar Suriya va Shomni o’zingizning strategik maydoningiz, deb hisoblaysizlarmi?! O’zingizning strategik maydoningizni va tomorqangizni himoya qilish uchun nima qilyapsizlar?!

Roya gazetasining 2016 yil 9 mart chorshanba kungi 68-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.