Rossiya va Xitoy tranzit yuklarni Qozog’iston hududi bo’ylab o’tkazishni soddalashtirdi

476
0

Rossiya va Xitoy o’rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, Kozog’iston hududi bo’ylab yuk tashuvlarning vaqti qisqardi, ya’ni bojxona punktlaridan o’tish tartibi soddalashtirildi.

Bu voqea Xitoyda Xitoy-Yevropa xalqaro transport yo’lagini yaratish borasidagi “Buyuk ipak yo’li iqtisodiy mintaqasi” tashabbusini amalga oshirish borasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

“Avvallari yuk avtomobillari Rossiyaga bir haftada etib borgan bo’lsa, endi muddat ikki sutkaga qisqardi”, deya Xinjiang Xinde International Transportation transport kompaniyasi vakili fikrlaridan iqtibos keltirdi “Jenmin jibao” nashri.

Rossiya tomonida ham ana shunday xulosa qilingan: “Mamlakatimiz transtport tizimi rivojlanib borayotgan bir paytda, Xitoy bilan yuk va fuqarolar tashuvi yo’nalishidagi aloqalarning yuksalishi biz uchun juda muhim”, deydi Rosavtotrans bosh direktori Aleksey Dvoynix.

Nashrning xabariga ko’ra, Rossiya va Xitoy yuk tashuvchilariga joriy yilda chegaralardan o’tishda engillik beruvchi 1000 ta ruxsat qog’ozi topshiriladi.

Turkiston:

Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishidan oldin milliy iqtisodni qaryib 50 foizini Xitoy tovarlarni reeskport qilishdan kelgan daromad tashkil etar edi. Shunday bo’lishiga qaramay, Qirg’iziston hukumati xalq manfaatlarini ko’zlab emas, balki o’zlarining siyosiy kelajaklarini o’ylab mamalakatni hech bir tayyorgarliksiz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga olib kirishdi. Buning natijasida Xitoy tovarlarini reeksport qilishdan mahrum bo’lgani etmaganidek, milliy mahsulotlarni ittifoqqa a’zo davlatlarga etkazib berishni ham uddasidan chiqa olishmayapti. Bunga Rossiya va Qozog’iston tomonidan qo’yilgan fitosanitariya, vetsanitariya nazorati sabab bo’layotganini bahona qila boshlashdi.

Bundan tashqari, YeOIIga a’zo bo’lguniga qadar Jaxon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishni cho’zib kelayotgan Qozog’iston tashkilotga a’zo bo’lib kirdi va JST talablariga muvofiq, qaryib 1,5 ming xil maxsulotlarga bojxona to’lovlarini kamaytirishi natijasida Xitoydan bevosita tovar kirib kelishiga imkoniyat paydo bo’ldi. Bularni barchasi qo’shilib, Qirg’izistonning tashqi savdo aylanmasi 24,6 foizga tushib ketdi. Milliy statistika qo’mitasining xabariga ko’ra, 2015 yili eksport 11 foizga, import esa 29 foizga qisqargan.

Endilikda Rossiya ham Qozog’iston orqali Xitoy tovarlarini to’xtovsiz olib kela boshlasa Qirg’iziston orqali etkazib berilayotgan Xitoy mahsulotlariga bo’lgan talab yanada pastlab ketadi. Bundan esa oddiy xalq ziyon ko’radi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.