30 noyabr kuni prezident Almaz Atambaev AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha yordamchisi U.Shermanni qabul qildi. Uchrashuv chog’ida Qirg’iz Respublikasining AQSh bilan hamkorligi borasida suxbat qurildi.
“Men uchrashuvdan mamnunman. Bizlarga ma’lumki, AQSh 20 yil oldin birinchilardan bo’lib Qirg’iziston mustaqilligini tan olgan. Biz Qirg’iziston bilan AQSh orasidagi konstruktiv hamkorlikni yuqori baxolaymiz”, dedi o’z so’zida Atambaev.
Shermen ham Atambaevning prezidentlik lavozimida ish boshlaganiga bir yil to’lishi arafasida Bishkekda xozir bo’lganidan mamnunligini aytib o’tdi. “Biz sizning qonun ustivorligini mustaxkamlash, sud reformalarini amalga oshirish, korruptsiya va millatchilikka barxam berish yo’lidagi xarakatlaringizni yuqori baxolaaymiz”,-dedi Sherman.
Tomonlar Qirg’iziston va AQSh orasidagi aloqalar rivojini qoniqarli, deb baholadilar.
Shu kuni Shermanni bosh vazir Jontoro Satibaldiev ham qabul qildi.
Bosh vazir ikki davlat orasidagi aloqalar rivojlanib borayotganini ta’kidlar ekan, bunday aloqalarning kelajakda yanada kengayishiga umid bildirdi.
Satibaldiev 2010-yil iyun voqealaridan jabr ko’rgan axoli punktlarini qayta tiklashga bergan yordami uchun AQSh hukumatiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
Sherman AQSh hukumatining Qirg’iziston kabi boshqa Markaziy Osiyo davlatlari bilan ham aloqalrarni kuchaytirishga qatiq ahamiyat berishini ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv chog’ida tomonlar Qirg’izistonning yaqin kelajakdagi iqtisodiy rejalari, shuningdek, Iqtisodiy rivojlanish Fondi yordamida mamlakatning qishloq xo’jaligini rivojlantirish chora tadbirlari xaqida suxbatlashdilar.
Abu mexmon.