Dushanbe Kabiriy ishtirokidagi “Islomiy birdamlik” konferentsiyasidan norozi bo’ldi

465
0

Shu kunlarda Eron Islom jumhuriyatining poytaxti Tehron shahrida “Islomiy birdamlik” – “Islom olami oldidagi chaqiriqlar” shiori ostida 29-chi konferentsiya bo’lib o’tmoqda.

Tojikiston din ishlari qumitasi Eron Islom jumhuriyatida bo’lib o’tayotgan konferantsiya jarayonidan norozi ekanligini bildirdi. Bunga sabab ushbu konferenitsiyada Tojikistonda ta’qiqlangan nahzati Islomiyya (PIVT) rahbari Muhiddin Kabiriyning ishtiroki bo’ldi. Tojikiston hukumati qoshidagi marosimlar va diniy an’analarni tartibga solish Qumitasi rahbari Abdug’affor Yusupov ushbu mas’alaga oid bayonot berdi. Unda kelishicha Qumitani Eron hamkasblarining noloyiq ishlari hayratga soldi. Zero, Tojikiston hukumatining qarorining aksi o’laroq Eronliklar Kabiriyni o’zlariga do’st deb e’tirof etmoqdalar.

“Islomiy birlik” konferentsiyasi 27 dekabrda o’z ishini boshladi. Ochilish so’zi bilan Eron prezidenti Hasan Ro’honiy nutq so’zladi. Tojikiston nomidan vakil sifatida din ishlari bo’yicha rahbar Sulaymon Davlatzoda, islomshunoslik markazining direktori Fayzullo Barotzoda, Tojikiston Islom markazining rahbari Saidmukarram Abluqodirzoda ishtirok etishdi.

Yusupovning ta’kidlashicha tili bir va dili bir eronlik birodarlarning Muhiddin Kabiriydek davlat dushmanini iliq qarshilab, do’stona munosabat bildirishlari Tojikiston din ishlari Qumitasini tashvishga soldi.

Joriy yilning 29 sentyabrida Tojikiston Oliy sudi nahzati Islomiyya ni teroristik va ektremistik tashkilot ro’yxatiga kiritgan.

Yusupov o’z bayonotida quyidagilarni qo’shimcha qildi: “Eron tarafi barcha ishlardan xabardor bo’la turib nima maqsadda konfrentsiyaga Tojikistonda ta’qiqlangan partiya rahbarini taklif etdi? Aynan shu narsa bizlarni taajub va tashvishga soldi. Holbuki Kabiriyga Tojik hukumatining talabiga binoan halqaro qidiruv e’lon qilingan”, “Eron hamisha Tojikistonni o’zining dindosh va urfu odat, an’analari bir xil davlat sifatida tan olib, ta’kidlab kelgan. U holda ularning ayni paytdagi qilmishlarini qanday izohlash mumkin? Naxotki Eronliklar bizlarning qonun va pozitsiyamizni zarracha hurmat qilishmasa? Kabiriy halqaro qidiruvdagi odam bo’lishligiga qramay eronlik do’stlarimiz unga iltifot ko’rsatishdi. Bu hol ko’pgina javobsiz mubham savollarga sababchi bo’lmoqda”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.