Atambaev Moskvada Putin bilan uchrashadi

478
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev ish safari bilan Rossiyaga jo’nab ketdi. Atambaev Moskvada 21 dekabr kuni bo’lib o’tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning navbatdagi sessiyasi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig’ilishida qatnashadi.

Safari davomida Atambaev rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik masalalarida fikr almashadi.

Bundan tashqari, Moskvada KXShTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining yig’ilishi ham bo’lib o’tadi.

Turkiston:

Rossiya oxirgi vaqtlarda Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik muzokaralarini olib bormay qo’ygan. U faqat o’z manfaati ustida Qirg’iz amaldorlariga bosim qiladi. Atambaevga sabr bersin, uning Turkiyaga bo’lgan iliq munosabati va oxirgi G’arb va bir qancha Arab o’lkalari tomon yurib borayotgani Putinni g’azablantirmay qo’ymaydi.

Qirg’iziston kichik va zaif davlat ekanligi sababli o’zining resurslaridan o’z ixtiyoriga ko’ra o’z manfaatlariga muvofiq foydalana olmaydi. Qirg’iz hokimiyati har safar chet eldan biror manfaatli sherikchilik qilishi mumkin bo’lgan shartnomalar tuza boshlashi bilan, Rossiyaning mafiyalashgan hukumati Qirg’izgazni 1 dollorga sotib olgani singari bir necha strotegik, tashqi investrlarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan tarmoqlarni sotib olib qo’yadi. Yuqoridagi Putin bilan Atambaevning uchrashuvidan ham elektr energetika sohamizni sotish amaliyoti haqida muzokaralar bo’lishi gumon qilinayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.