Tojikiston ham harbiy koalitsiyaga qo’shilmoqchi

461
0

Tojikistonning Ar-Riyoddagi elchisi Sharif Azamsho Latifzoda bergan bayonotga ko’ra, Tojikiston Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan terrochilikka qarshi tuzilgan Musulmon koalitsiyasi tarkibiga qo’shilish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda. Elchining so’zlaridan ma’lum bo’lishicha, Tojikiston koalitsiyaning teng huquqli a’zosi bo’lishni xohlamoqda.

Latifzodaning aytishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2016 yilning yanvarida Ar-Riyodga safar uyushtirib, qirol Abdulaziz Salmon bilan uchrashishni rejalashtirgan. Tomonlar ushbu uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash masalalarida o’zaro hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qilishi kutiladi. Ushbu uchrashuvdan keyin Dushanbe koalitsiyaning a’zosiga aylanishi mumkin.

Saudiya Arabistoni 15 dekabr kuni terrorchilikka qarshi kurashuvchi 34 ta musulmon davlatidan iborat alyans tashkil qilinganini e’lon qilgan edi.

AQSh mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoni boshliq koalitsiyani qutlab chiqqan bo’lsa, rasmiy Moskva bu koalitsiyaning maqsadlarini aniq bilmagan holda, munosabat bildirishga hali ertaligini aytib o’tgan edi.

Turkiston:

Ushbu musulmon yurtlarining koalitsiyasi, albatta AQSh bosh bo’lib G’arb tomonidan ilgari surilib borayapti. Rossiya esa bu umumiy o’yinda o’zi uchun belgilangan o’rinni topa olgani yo’q. Chunki bu loiha u bilan maslahatlashmasdan ishlab chiqildi. Shuning uchun u biroz ikkilanib turipti.

Tojikistonning musulmon davlatlar tarafidan tuzilgan kufr koalitsiyasiga bo’lgan qiziqishi ushbu koalitsiya muvoffaqqiyatli biror natijalarga erisha boshlasa, u Suriya va Iroqdan ham kengroq mintaqalardagi muammolarni echishga kirishishi mumkinligiga dalolat qiladi. Ya’ni Afg’oniston muammosini bartaraf qilishda ham shu koalitsiyadan foydalanishga umid qilishadi. Tojikiston, avvalgi qaldirg’och bo’lsa, keyin Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi bu koalitsiyaga majbur olib kiritiladi. Bu, Suriya muammosini Markaziy Osiyoda ham paydo bo’lishi uchun keng sharoit yaratib beradi. Kufr olami musulmonlarning siyosiy ojizliklaridan va xoinliklaridan foydalanib, deyarli yo’q erdan muammolar paydo qilib, musulmonlarni bir necha bo’laklarga bo’lib, o’zlarini o’zlari bilan qirg’inbarot urushga olib borishayapti.

Rossiya bu urushdan o’zini chetlab qolishidan xavotirda. Chunki hozirgi vaziyatda Putinga faqat urush kerak, mayli maqsadsiz bo’lsa ham. U o’z rejimini faqat urush yoki harbiy boshqaruv va harbiy holat bilangina saqlab qolishi mumkin. Agar Rossiya Suriyadagi harbiy aralashuvlardan chetlatilsa, Putin kavkazda yoki Rossiyaning biror islomiy mintaqalarining birida, yangi urush holatlari paydo qilishga majbur bo’ladi.

Rossiya hali bir qarorga kelmay turib Tojikiston o’zini ushbu koalitsiyaga taklif qilishi Rossiyaning Islomga qarshi olamiy kufr yurishidagi o’rni generallar trebunasida emasligiga va u ham Tojikiston singari AQShning askarlaridan biriga aylanib qolganiga dalolat qiladi.

Demak, AQSh Suriyada Rossiyani bir muncha vaqt o’z manfaatiga muvofiq ishlatdi. Endi islomiy yurtlarga estafetani topshirishni ixtiyor qildi. AQShning gumashtalarini Islom olami qanchalar qabul qilishi kufr olami uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu AQSh amaliyotining loihasiga muvofiq, “Islom davlati” tashkilotini paydo qildi va uni qo’llab quvvatladi. Uning vazifasi Suriyada Asad bilan inqilobiy muxolif kuchlar o’rtasidagi muvozanatni ushlab turish edi. Shu bilan bir vaqtda u tomonidan bo’lgan va bo’lmagan barcha vahshiy amaliyotlarini vidio tasmalar bilan olamga keng tarqatdi. Endi uni xuddi dunyoni egallab olishi mumkin bo’lgan bir katta quvvat va vahshiy mashina singari juda ko’pirtirib, insoniyat uchun jumladan musulmonlar uchun o’ta katta muammo qilib ko’rsatish maqsadida keng matbuot hujumi olib borayapti. Saudiya boshchiligida tuzilgan yuqoridagi koalitsiya, ushbu loihaning yakuniy va asosiy qasd qilingan qismi hisoblanadi. Ya’ni,Suriya inqilobiga qarshi avvaldan tuzilgan barcha loiha va amaliyotlar shu musulmonlar koalitsiyani tuzush uchun ishlab chiqilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.