Riyoz konferentsiyasi: shomdagi ummat qo’zg’oloni boshdan kechiradigan navbatdagi mashaqqat

634
0

Riyoz konferentsiyasi: shomdagi ummat qo’zg’oloni boshdan kechiradigan navbatdagi mashaqqat

So’nggi ikki oy mobaynida Amerika bosib o’tgan bosqichlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Ayniqsa, jinoyatkor rejimga mustahkam poydevor o’rnatib berish uchun Amerika o’zining so’nggi kuzir qartasini ishga solishi, ya’ni Rossiyaning harbiy aralashuviga ruxsat berishi bilan rejimning zaifligi ochiq ko’rinib qoldi. Mana shulardan so’ng Vena konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Unda yig’ilganlar zudlik bilan muborak Shom qo’zg’olonidagi bolalar ko’rsatayotgan g’ayratchalik g’ayratga ham ega bo’lmagan zaif muxolafatni birlashtirishga kelishib olishdi. Natijada, bu Saudiya tomonidan chaqirilgan Riyoz konferentsiyasi bo’ldi.

Konferentsiyaga tayyorgarlik sur’at bilan boshlandi. Unga ayni masalaga aloqador va undan manfaatdor bo’lgan fuqaroyu harbiy doiralar chaqirildi. Qo’zg’olonni sariq chaqaga sotish mo’ljallangan bunday konferentsiyada hozir bo’lishlari uchun bir necha tomonga chaqiriq yuborildi: jumladan, malaylik darajasini qo’lga kiritish uchun a’zolari orasida tezlik bilan o’zaro musobaqa boshlanib ketgan Amerika koalitsiyasiga, milliy koordinatsion hay’atga, shuningdek, Shom zaminidagi bir necha guruhlar va qo’mondonlarga chaqiriq yuborildi.

Amerika, Britaniya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Misr, Turkiya, Saudiya, Ummon va Iroqdan konferentsiya doirasida qandaydir kamchilik sodir bo’lgan paytda aralashishlari uchun vakillar talkif qilinadigan bo’ldi.

Ayni Konferentsiya Qo’shma Shtatlar, Rossiya, Saudiya va Eronni o’z ichiga olgan 17 davlat tomonidan Suriyadagi siyosiy o’tish davri jarayoniga oid yo’l xaritasi qabul qilinganidan keyin o’tkaziladigan bo’ldi. Konferentsiya kun tartibida «Jeneva-1» va «Jeneva-2» kabi konferentsiyalarda avvaldan kelishilgan va Vena konferentsiyasida tayanilgan bir necha asosiy masalalar muhokama etiladi. Bu masalalar konferentsiyani moliyalashtirgan davlatlar tashqi ishlar vazirlari o’zlarining matbuot konferentsiyalarida tez-tez tilga olayotgan, masalan, Suriya davlati ilmoniyligini hamda davlatning armiya va xavfsizlik xizmati kabi asosiy organlarini saqlab qolish, bu siyosiy echimga qarshi chiqqan har bir kishiga qarshi kurashish, shuningdek, jabhalardagi janglarni to’xtatish… kabi masalalardir.

Ushbu Riyoz konferentsiyasiyaga chaqiriq Shom qo’zg’oloni qariyb besh yildan buyon hatto statistikalar ham sanash va qayd etishga ojizlik qilayotgan behisob qurbonlarni berayotgan bir paytda yangramoqda. Bu qahramon, sabrli, xolis xalq shuncha qurbonlar bergani uchun taqdirlanish o’rniga, ushbu konferentsiya bilan, ya’ni mana shu qurbonliklarining barchasini sariq chaqaga sotib yuborayotgan konferentsiya bilan unga zarba berilmoqda. Ayniqsa, Shom ahli kuchli mehnat qilib etishtirib chiqargan ayrim guruhlarning qattol rejim bilan muzokara stoliga o’tirishga rozilik berishi unga eng qattiq zarba bo’lib tushdi. Ha, suv keltirgan xoru zor, ko’za sindirgan azizmi?!

Biz Shom ahli o’z bag’riga olgan va ularning himoyasi yo’lida shuncha qiyinchiliklarga uchragan kishilarga shunday murojaat qilamiz: Bu Shom ahli sizga topshirgan omonatdir. Bas, Allohga, Rosuliga va mana shu omonatga xiyonat qilmang. Alal oqibat sizlarning ularga mukofotingiz shumi, sizlarga taqdim qilgan shuncha yaxshiliklarini sariq chaqaga pullab yuborishga rozi bo’lasizlarmi?!

Ey Shomdagi ahlimiz!

Mana, sizga navbatdagi til biriktiruv. U sizning tinchlik va xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojingizdan foydalanib qilinayotgan til biriktiruvdir. Allohga qasamki, bu fitnaga Allohga tavakkal qilish, Uning mustahkam arqonini mahkam ushlash va sabr qilish bilangina bu fitnaga qarshi turolmaysiz. Chunki musibatingiz g’oyat og’ir, kulfatingiz ulkan va siz tog’u toshlar ham ko’tarishga ojizlik qiladigan ahvoldasiz. Biroq Alloh Subhanahu sizni O’z kafilligiga olgan va bu haqda nafs-havosidan gapirmaydigan zot

«إنَّ اللهَ قَدْ تَكَفَّلَ لِي بِالشَّامِ وِأَهْلِهِ»

«Alloh men uchun Shom va uning ahlini O’z kafilligiga oldi», deganlar. Bas, shunday ekan, ongli-idrokli bo’ling, o’zingizga qarshi to’qilayotgan fitnalarni ihota etib, ularni fosh eting va yo’q qiling. Ummatingiz sizdan mana shunday ahd olgan.

Abdu Daliy qalamiga mansub

Roya gazetasining 2015 yil 9 dekabr chorshanba kungi 55-sonidan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.