G20 sammitining asosiy mavzusi Suriya va Iroqdir

419
0

Iqtisodiy kuchga ega 20ta davlatning rahbarlari ishtirok etadigan G20 sammiti Turkiyaning Antaliya shahrida bugun boshlandi va ertaga ham davom etadi. Iqtisodiy muammolar haqida bosh qotirilishi kerak bo’lgan sammitda Suriya va Iroqda kundan kunga kuchayib borayotgan inqiroz muhokamaga qo’yilishi rejalashtirilgan.

Sammitda AQSh prezidenti Barak Obama va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tishi ham kutilmoqda. Xabarlarda aytilishicha, uchrashuv Suriya va Iroq masalasida olib borilayotgan hamkorlikni kuchaytirish ustida bo’lib o’tadi.

Oq uy so’zchisi Josh Ernest Suriya va Iroq masalasini hal qilish uchun fursatdan foydalanib qolish zarurligini bildirdi.

“Turk chegarasining narigi tarafida kechayotgan dahshatli hodisalar oqibatida son-sanoqsiz qochqinlar Turkiyaga poshpana izlab kelmoqda. Turkiya his qilayotgan jiddiy bosimlarni o’z ko’zimiz bilan ko’rib turar ekanmiz, sammitda ishtirok etayotgan rahbarlar IShIDni yo’q qilish harakatlari haqida bahs yuritmasligi mumkin emas” dedi Josh Ernest.

Turkiya xalqi Suriya va Iroqda kuchayib borayotgan zo’ravonliklar Turkiyaga ham ko’chib o’tishidan xavotirga tushib qolishdi. Aniqroq aytganda shunday xavotir paydo qilindi. Shuning uchun saylovda Adolat va Taraqqiyot partiyasiga ovoz berishdi. Chunki ular Erdug’onni tahdidlarni bartaraf etadigan va barqarorlikni ta’minlaydigan rahbar sifatida ko’rishmoqda.

Erdug’on tuzgan Adolat va Taraqqiyot partiyasi o’n yildan ortiq davr mobaynida o’z qo’lida ushlab kelgan hokimiyatni besh oy avval o’tkazilgan saylovda qo’ldan boy bergan edi. Ammo 1 noyabrda takror o’tkazilgan saylovda turk saylovchilari Adolat va Taraqqiyot partiyasiga iqtidorni yana qayta qo’lga olishga imkon yaratib berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.