“Namozga emas raqsga”

497
0

Xitoy hukumatining musulmonlarga nisbatan 66 yildan buyon davom ettirib kelayotgan zulmi uyg’ur musulmonlarini holdan toydirdi. Sharqiy Turkistonning Peyzavat shahrida kommunist Xitoy hukumati butun musulmon aholini “Namozga emas raqsga” nomli jamoiy faoliyatga ishtirok etishga majbur qilmoqda.

“Bu faoliyatga ishtirok etish yoki etmaslik kommunistik partiya bilan Allohning o’rtasidagi tanlov o’lchovidir, yayni ikkisidan birini tanlashdir”, deya eylon qilingan. Shunga ko’ra, kim bu faoliyatga ishtirok etmasa, kommunistik partiyani emas, Allohni tanlagan bo’ladi va Xitoy hukumatining qahriga duchor bo’ladi. Shu sababli barcha insonlar, hatto qariyalar ham hukumat tazyig’i va zulmidan qochib, o’zlarining kommunistik partiya tarafdori ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda. Buning uchun ular yoshu-qari, erkagu-ayol demay, keng maydonlarda Xitoy bayrog’ini ko’tarib raqsga tushishga majbur bo’lishmoqda.

Shuningdek, olingan xabarlarga ko’ra, Xitoy hukumati uyg’urlarning farzandlariga ayrim islomiy ismlar qo’yishni tayqiqlab qo’ydi. 22 musulmon ismidan tuzilgan ro’yxat Xitoyda Twitter ijtimoiy tarmog’i kabi qo’llaniladigan “Sina Weibo” sahifasida eylon qilingan.

 Tayqiqlangan islomiy ismlar ro’yxatida Bin Lodin, Saddam, Husayn, Arafat, Mujohid, Mujohidulloh, Asadulloh, Abdulaziz, Sayfulloh, Jundulloh, Sayfuddin, Zikrilloh, Nasrulloh, Shamsiddin, Faxriddin, Amina, Muslima, Muxlisa, Munisa, Oysha, Fotima va Xadicha ismlari sanab o’tilgan. Uyg’ur faollarining bildirishicha, Shinjonda taqiqlangan islomiy ismlar soni 22 tadan ko’pdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.