Toktogul suv omborida suv hajmi ozaydi

290
0

Toktogul suv omborida suv hajmi ozaydi

Toktogul suv omboridagi suv hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,6 milliard kub metrga ozaydi. Bu haqda Energetika vazirining o‘rinbosari Emilbek Ismanov Jogorku Kenesh yig‘ilishida ma’lum qildi. Yig‘ilishda deputat Mirlan Samiykojoning Toktogul suv omboridagi suv hajmi haqida bergan savoliga javob bergan Vazir bu ma’lumotlar sir ekanini ta’kidlar ekan, hozirda suv hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,6 milliard kub metrga kamligini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qish mavsumigacha kerakli miqdordagi suvni to‘plashning imkoni yo‘q. “Kerakli miqdordagi suv to‘plangan holatlar bo‘lganmi?”, degan savolga: vazir “Bo‘lgan, oxirgi uch yilda qurg‘oqchilik bo‘ldi, shuning uchun (kerakli miqdordagi suvni) saqlay olmayapmiz”, deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning may oyidan buyon Toktogul suv omboridagi suv hajmi haqidagi ma’lumotlar sir saqlanmoqda. Buning yagona sababi suv omboridagi suvning sotib yuborilishiga nisbatan xalqning noroziligini oldini olishdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.