Hizbut-Tahrir tarafidan xalqaro forum tashkil qilindi

358
0

01

Hizbut-Tahrir uyushmasi Ukrainaning Qirim viloyatida 7-8 oktyabr kunlari xalqaro forum tashkil qilishini e’lon qildi. Shayx Taqiyyuddin Nabahoniy tarafidan 1953 yilda asos solingan Hizbut-Tahrir Qirimda tashkil qilgan forumda quyidagi mavzular haqida so’z yuritiladi:

Hizbut-Tahrirning oldiga qo’ygan maqsadi nima?

Hizb maqsadiga etish uchun qanday uslublar qo’llamoqda?

Hizb Rossiya federatsiyasi, O’rta Osiyo va Ukrainada qanday faoliyat olib bormoqda?

Rossiya federatsiyasi, O’rta Osiyo va Ukrainada Islom davlatini tiklash uchun olib borilayotgan Hizb faoliyatiga nisbatan davlat tarafidan qo’llanayotgan bosimlar va zulmlar nimalardan iborat?

Forum ikki kun davom etadi.

Birinchi kun, 7 oktyabr dushanba kuni tongdan tushgacha konferentsiya davom etadi, tushdan so’ng esa savol-javob uchun bir davra tashkil qilinadi.

Ikkinchi kun, 8 oktyabr seshanba kuni esa turli o’lkalardan kelgan inson huquqlari faollari, jurnalistlar Rossiya va O’rta Osiyo davlatlarining zulmi ostida qolgan musulmonlar qatnashadigan bir aylana stol atrofida yig’ilish o’tkaziladi.

Turkiyadan kelgan inson huquqlari faollari, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining namoyondalariga Rossiya O’rta Osiyo, Ukraina va Kavkazda musulmonlarga nisbatan davlat tomonidan amalga oshirilgan zulmlar yoritib beriladi.

Hizb-ut Tahrirning markaziy axborot bo’limining raisi Usmon Baxxosh video murojaat orqali forumga taklif qilar ekan, jumladan shunday dedi: “Nima uchun Lavrov Suriyada demokratik nizom rad etilishidan vahimaga tushmoqda? Nima uchun Rossiya prizidenti Putin Suriya qo’zg’olonining uchquni Rossiyaga va sobiq sovet ittifoqi hududlariga etib kelishidan ogohlantirmoqda? Nima uchun Rossiyaning sobiq prizidenti Dmitriy Medvedov arab bahori sotsializm tuzumining qulashidan darak bergan 1989 yilgi Berlin devorini qulashi kabi muhim ahamiyatga ega ekanligidan ogohlantirmoqda. Demakki, 1953 yili Quddusda boshlangan bu muborak da’vat Islomiy olamning turli tuman erlarida, Marokashdan ya’ni Shimoliy Afrikadan Indoneziyagacha va Sibir, Moskva, va O’rta Osiyodan Ukrainadagi Qirimgacha va boshqa qo’shni davlatlarda ham o’z samarasini berdi”.

http://www.youtube.com/watch?v=H8GPiGDYglQ

http://www.youtube.com/watch?v=H8GPiGDYglQ

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.