Britaniyada Islomni qabul qilayotganlar soni ortib bormoqda

15
0

Britaniyada Islomni qabul qilayotganlar soni ortib bormoqda

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Britaniyada har yili 5200ga yaqin odam Islomni qabul qilmoqda. Islomni qabul qilayotgan britaniyaliklarning 60-75 foizini ayollar tashkil qiladi. Ularning aksariyati oq tanli, yosh va ziyoli xotin-qizlardir. Tez suratda o‘zgarib borayotgan ushbu tendensiya bugungi kunda Britaniyadagi din va identiklik (o‘zlikni anglash) jihatidan o‘zgarib borayotgan manzarani aks ettirmoqda.

Biroq, Islomni qabul qilish ba’zi qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Islomni qabul qilgan ko‘plab ayollar ijtimoiy stigmalarga, stereotiplarga va jamiyat tomonidan tushunmovchiliklarga duch kelishmoqda.

Xususan, turli Islomofob va millatchi oqimlarning tazyiqlari kuchayib borayotganini kuzatish mumkin. Shunday bo‘lsada, Islomni qabul qilayotgan xotin-qizlar soni kundan kunga ortib boryapti. Har taraflama qo‘yilgan turli to‘siqlarga qaramay, Islomning keng yoyilishi Islomning hayot tarzi va farovonlik manbai ekanligini tasdiqlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.